Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmasevtika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma fakultet uchun kirish imtihoni bo’lib o’tdi
Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmasevtika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma fakultet farmatsiya yo‘nalishida ochilgan bo‘lib, talabalar jami 5 yil davomida tahsil oladilar. 3 yil davomida Toshkent farmasevtika institutida, 2 yil Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universitetida o‘qishni davom ettiradilar. Qo‘shma ta’limni tugatgan talabalarga 2 oliy ta’limning diplomi taqdim etiladi.
Joriy yil uchun 276 nafar talaba online tarzda xujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 80 nafari o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
2020-2021 o’quv yili uchun test sinovi 25- сентябр kuni soat 08:00 dan 11: 30 ga qadar bo‘lib o‘tdi. Imtihon topshirish uchun abiturientlarni hududga kiritish soat 06:30 dan boshlandi. Test sinovi bo’lib o’tadigan hududga talabalar soat 07:40 ga qadar kiritildi va biriktirilgan nazoratchilar tomonidan abiturientlarga test varaqalari tarqatildi soat 08:00 ga qadar tarqatildi. Test sinovi karantin qoidalariga to’liq rioya etilgan holda amalga oshirilib, jarayon Davlat havfsizlik xizmati, Toshkent shahar IIB va Davlat test markazi xodimlari nazoratida tashkil etildi. Shuningdek test sinovida institut tibbiyot xodimlari tez tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida faol ishtirok etdilar.
“Abiturientlarga yaratilgan shart –sharoitlar yuqori darajada tashkil etilganligi”ga ota-onalar bilan olib borilgan suhbat jarayonida yana bir bor amin bo’ldik. Mazkur jarayon OAV vakillari tomonidan ham tasvirga olindi. Imtihon jarayoni “O’zbekiston 24”, “Yoshlar” telekanallari, “Yoshlar” radiosi, “Vuz 24”, “Uza” kabi ommaviy axborot vositalarida e’tiboringizga taqdim etiladi.
Institut matbuot xizmati