Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmasevtika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma fakultet uchun kirish imtihoni bo’lib o’tdi

25.09.2020, 16:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2440

Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmasevtika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma fakultet  farmatsiya yo‘nalishida ochilgan bo‘lib, talabalar jami 5 yil davomida tahsil oladilar. 3 yil davomida Toshkent farmasevtika institutida, 2 yil Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universitetida o‘qishni davom ettiradilar. Qo‘shma ta’limni tugatgan talabalarga  2  oliy ta’limning diplomi taqdim etiladi.

Joriy  yil uchun   276 nafar talaba online  tarzda xujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 80 nafari o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

2020-2021 o’quv yili uchun  test sinovi  25- сентябр kuni soat  08:00 dan 11: 30 ga qadar bo‘lib  o‘tdi. Imtihon topshirish uchun abiturientlarni hududga  kiritish soat 06:30 dan  boshlandi. Test sinovi  bo’lib o’tadigan hududga talabalar soat 07:40 ga qadar kiritildi va biriktirilgan nazoratchilar tomonidan abiturientlarga  test varaqalari tarqatildi soat 08:00 ga qadar tarqatildi. Test sinovi karantin qoidalariga to’liq rioya etilgan holda amalga oshirilib, jarayon  Davlat havfsizlik xizmati, Toshkent shahar  IIB  va  Davlat test markazi xodimlari nazoratida  tashkil etildi. Shuningdek  test sinovida  institut  tibbiyot xodimlari tez tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida faol ishtirok etdilar.

“Abiturientlarga yaratilgan shart –sharoitlar  yuqori darajada tashkil etilganligi”ga ota-onalar  bilan olib borilgan suhbat jarayonida yana bir bor amin bo’ldik. Mazkur jarayon OAV vakillari tomonidan ham tasvirga olindi. Imtihon jarayoni “O’zbekiston 24”, “Yoshlar” telekanallari, “Yoshlar” radiosi, “Vuz 24”, “Uza” kabi ommaviy axborot vositalarida e’tiboringizga  taqdim etiladi.

Institut matbuot xizmati