Ekologiya va atrof muhit muhofazasi

Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziqovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi.

Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo‘jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi sonining keskin o ‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o’rtasidagi o ‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi.

Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko‘pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko‘z o‘ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samaraii foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi va o‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham Inson ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‘p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat’i nazar insonlaming ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog’liq. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Охрана окружающей среды и обеспечение экологической безопасности: государственное регулирование 2018 Осень

20.08.2019, 10:46 13116