Xotin qizlar qo‘mitasi

Boltayeva Barnoxon Xomitjonovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Xotin-qizlar qo'mita raisi

Qabul vaqti:

Har kuni (9:00-17:00)

Tel.:

(998 94) 624-88-96

Veb-sayt:

“Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos oliyjanob qadriyat hisoblanadi”

Shavkat Mirziyoyev

Bugungi kun ayoli har sohada faollashib bormoqda. Bugungi o‘zbek ayoli oqila va dono, zamonamizning zabardast olimasi-yu, tinib-tinchimas jamoat arbobi. O‘zbek ayolining siymosida—Sharq ayolining aqlu zakovati, fazlu kamoli mujassam. Bu yuksaklikda Toshkent farmatsevtika institut ayollarining ham o‘z o‘rni bor.

Bugungi kunda farmatsiya sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarimizni olib qaraydigan bo‘lsak, aholi salomatligini muhofaza qiliщda o‘zining boy tajribasi, oqilayu donoligi, iqtidorini ishga solib, muvaffaqiyatga erishib kelayotgan opa-singillarimiz safi kengayib bormoqda.

Mustaqillik yillari uzoq yillar davomida institutning Xotin-qizlar qo‘mitasini quyidagi dotsentlar S.R.Majidova, A.I.Nuriddinova, N.A.Toshmatova va S.X.Qodirova, M.Ya.Saidova, B.X.Boltaevalar boshkarib kelganlar. Qo‘mita faoliyatini rivojlantirishda quyidagi professor-o‘qituvchilar SH.M.Olimova, A.M.Tuxtayeva, M.Z.Islamova, L.Bozorova, G.A.Sultonova, N.K.Chinnibekova, M.M.Ziyamuxamedova, D.Sunnatova, L.B.Sultonova, S.M.Yuldasheva, I.Iminova, D.E.Kadirova, V.Qosimova, N.A.Sodiqova, A.A.Raxmanova, N.X.Rajabovalar o‘z xissalarini qo‘shganlar. Ayol bor joyda olam o‘zga bir go‘zallikni kashf etadi. Bizning ayollarimiz ham xotin-qizlar qo‘mitasini boshqarish bilan bir qatorda talaba-qizlarning har tomonlama kamolga etishlarida yaqindan yordam berganlar. Talaba-qizlarning qanday muammolari chiqmasin, o‘zining maslaxatini, shirin so‘zini, asosiysi yordamini ayamaganlar.

Farmatsevtika sohasining o‘zida ayollardan qanchadan-qancha fozila olimalar, professorlar, etuk mutaxassislar etishib chiqan. Ulardan, professor T.P.Pulatova, professor Z.A.Nazarova, professor X.M.Yunusova, professor K.S.Maxmudjonova, professor F.F.Urmonova, f.f.d. V.N.Abdullabekova, professor G.Tillaeva, f.f.d. M.I.Alixodjayeva, f.f.d. Yo.S.Qoriyevalar, M.G.Ismoilova, Sh.F.Iskandarova, I.Sharipova, F.Maksudova, M.Raxmatullayevalar ilmiy izlanishlar olib borganlar.

Hozirgi kunda farmatsevtika institutida 216 nafar ayol faoliyat qo‘rsatmokda, ulardan 11 nafari fan doktorlari, 64 nafari fan nomzodlari, 52 nafar katta o‘qituvchi, 58 nafar assistent, 31 nafar texnik hodim.

Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-kizlar qo‘mitasi raisi etib, 2018-yilning may oyidan hozirgi vaqtga qadar Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Boltayeva Barnoxon Xomidjonovna saylangan. Qo‘mita faoliyatini xotin-kizlar qo‘mitaning raisi ma’naviy-axlokiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor bilan muvofiklashtiradi. Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekistan Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkiloti faoliyati to‘g‘risidagi 2018-yil 19-sentyabr kuni tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.

Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Kasaba uyushma qo‘mitasi xamkorligida institutda taxsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiklashtirishga doir tashkiliy masalalar.

  1. Shaxsning ma’naviy kamolotini
  2. Diniy bag‘rikenglik madaniyatini
  3. Siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatni
  4. Ekologik bilim va madaniyatni
  5. Soglom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni
  6. Mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlikni
  7. Milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlarimiz tavalludini

Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar qo‘mitasining tarkibi: 

  • Qo‘mitaraisi — katta o‘qituvchi B.X.Boltaeva
  • Ma’naviyatva ma’rifat ishlari — S.Yuldasheva
  • Onalikva bolalikni muhofaza qilish — A.To‘xtaeva
  • Sport va sog‘lomlashtirishishlari — V.Qosimova
  • «Qizlarjon klubi» to‘garagi — N.Sodikova, N.Rajabova
  • Zulfiya mukofatiga tayyorlash ishlari — I.M.Iminova
  • Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar bilan ishlash —D.Kodirova, U.Yunusova
  • Ibn Sino salomatlikmaskani ma’rifat markazi — B.Boltaeva
  • Psixologik markaz rahbari L.Sultonova
  • Kotiba — Rajabova.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli farmonini ta’minlash maqsadida institutda jamoatchilik asosida «Qizlarjon klubi» to‘garagi tashkil etildi. Ushbu to‘garak o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi: talaba-qizlarda shaxsiy gigienik qoidalarni to‘g‘ri shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish, atrof-muhitning tozaligiga e’tiborni yaratish, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirish, qizlarning o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri olib borish, nikoh yoshdagi qizlar o‘rtasida oila muqaddasligini, xomiladorlikka oid jarayonlar haqida tushunchalar berish.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni inobatga olgan holda:

  • Talaba-qizlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda davlatimizda barqarorlikni ta’minlash borasida qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, xotin-qizlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar, seminar-treninglar va konferensiyalar uyushtirish;
  • Xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish hamda talaba-qizlarni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash;
  • Yosh oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlash;
  • Talaba-qizlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat tuyg‘usini, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, o‘z bilimlarini muntazam oshirib borish kabi fazilatlarini tarkib toptirish;
  • Talaba-qizlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ayollar bilan bog‘liq tarixiy meros, sharqona ayol an’analari asosida tarbiyalash ishlarini tashkillashtirish;
  • Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyatini talaba-qizlarga o‘z vaqtida etqazilishi va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
  • Talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, sharoitlari bilan yaqindan tanishib, raxbariyatga tegishli takliflar kiritish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-martdagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi PF-3581-son qaroriga asosan institutda talaba-qizlar o‘rtasida mukofotning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish ishlarini amalga oshirish.
  • Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash.

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTINING

PASPORTI

 Toshkent farmatsevtika institutida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning umumiy soni: 216 nafar.

Shulardan:

  • Professor xotin-qizlar -11 nafar
  • Dotsent xotin-qizlar – 64 nafar
  • Katta o‘qituvchi -52 nafar
  • Assistent – 58 nafar
  • Texnik xodimlar – 31 nafar

Toshkent farmatsevtika institutida taxsil olayotgan talaba-qizlarning umumiy soni: 1105 nafar.

Shulardan farmatsiya fakultetida:

  • Umumiy soni – 711 nafar
  • 1-bosqich –180 nafar
  • 2-bosqich – 179 nafar
  • 3-bosqich – 123 nafar
  • 4-bosqich – 122 nafar
  • 5-bosqich – 107 nafar

Shulardan sanoat farmatsiya fakultetida:

  • Umumiy soni – 394 nafar
  • 1-bosqich – 124 nafar
  • 2-bosqich – 105 nafar
  • 3-bosqich – 85 nafar
  • 4-bosqich – 80 nafar

20.12.2019, 09:17 19295