Ilmiy tadbirlar

Toshkent farmatsevtika instituti, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼlikni saqlash vazirligi va Ibn Sino jamoat fondi bilan hamkorlikda 2020 yil 22 may kuni “Аbu Аli ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi.

Toshkent farmatsevtika instituti, Ibn Sino jamoat fondi va Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼlikni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda 2020 yil 22 may kuni “Аbu Аli ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman online tarzda ZOOM dasturi orqali farmatsevtika institutida. soat 10:00 dan oʼz faoliyati olib bordi. Аnjumanni kirish soʼzi bilan institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori N.S.Normaxamatov, oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha prorektori Z.А.Yuldashev hamda Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi N.Mahmudovlar ochib berdilar. Shundan soʼng, farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi mutahassisi Sh.R.Аbzalov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori toʼgʼrisidagi maʼruzasi bilan davom ettirdilar.

     

     

Аnjumanda quyidagi ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ish olib borildi:

Ibn Sino va Oʼrta asrlar Sharqi olimlari ilmiy merosining farmatsiya shakllanishiga qoʼshgan xissasi.

Innovatsion dori preparatlari, kosmetika va biologik faol qoʼshimchalarini ishlab chiqish, ularning sifatini taʼminlash.

Dori vositalarini standartlash, farmatsevtik va toksikologik kimeviy taxlil.

Dorivor oʼsimlik xom-ashyolarini oʼrganish va fitopreparatlar yaratish istiqbollari.

Tabiiy va sintetik birikmalar, dori vositalarning farmakologik tadqiqotlari.

Dori vositalarini yaratish, sotish va ulardan foydalanish bosqichlarida farmako-iqtisodiyot.

Farmatsevtik biotexnologiya, dorivor oʼsimliklar biotexnologiyasi. Farmatsevtik sanoatda nanotexnologiya.

“Dori preparatlari texnologiyasi” va “Biotexnologiya” fanlarining oʼqitish nazariyasi va amaliyoti.

Аnjuman ishtirokchilarni ruyhatga olish, ularga sertifikatlar berish jarayoni avtomatiklashgan raqamli hisobga olish imkoniyatlarini qoʼllagan holda tashkil etildi.

 

Toshkent farmatsevtika instituti, ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar va pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 5-noyabrdagi 8n-4/375-sonli xatiga muvofiq 2019-yil 15-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida  “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muommolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Mazkur “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” Respublika ilmiy-amaliy (Xalqaro olimlar ishtirokida) anjumanining ochilish marosimi 2019-yil 15-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida soat 09:30 da bo‘lib o‘tdi. Anjuman qatnashchilari 08:30 dan 09:30 ga qadar ro‘yhatdan o‘tdilar. Anjumanga turli davlatning soha mutaxassislari hamda professorlari jalb etilgan bo‘lib,  unda ular o‘zlariga biriktirilgan seksiyalarda mavzu yuzasidan ma’ruzalarini taqdim etdilar. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash  Vazirining birinchi o‘rinbosari B.Q.Yusupaliev, Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov va tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ochib berildi. Konferensiya davomida Seul milliy universiteti bilan Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida o‘zaro memorandum tasdiqlandi. Shuningdek Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida qo‘shma magistratura yo‘nalishini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv ham imzolanib kuchga kirdi.

Shu bilan bir qatorda mazkur konferensiyada akademik almashinuv, o‘zaro hamkorlik va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlar hususida tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarini ma’ruzalarida bayon qildilar va fikr alamshinuvi bo‘ldi. Konferensiya 7 seksiyaga ajratilgan bo‘lib har bir seksiyaga mas’ullar biriktirilgan bo‘lib, seksiya a’zolariga berilgan mavzular yuzasidan ma’ruzalar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhokamalar bo‘yicha seminar yakunida xulosa qilinadi. Xulosalar bo‘yicha keyingi izlanishlar, islohotlarni oldindan reja qilinadi. Bundan tashqari anjuman diorasida Rossiyaning (farmoko-nadzor) farmatsevtika nazorat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasidagi farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va farmatsevtika sohasiga doir bo‘lgan mutasaddi tashkilotlari ishtirokchilari hamkorlikda aylana stol doirasida 40 dan ortiq ishtirokchilar bilan muhum masalalar yuzasidan kelishuv bo‘lib o‘tdi.

     

     

 

“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni va yopilish marosimi bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-4/375-sonli xatiga muvofiq 2019 yil 15- noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida  “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni bo’lib o’tdi. Unda tashrif buyurgan mehmonlar o’zlariga biriktirilgan seksiyalarda ma’ruza o’qidilar.

     

 

Misr Arab Respublikasining “Wadi El Neel Benta” tashkiloti bilan hamkorlik memorandum imzolandi

2019-yil 15-16-noyabr kunlari Toshkent farmatsevtika institutida bo’lib o’tgan xalqaro “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli ilmiy- amaliy anjumanining ikkinchi kunida Misr Arab Respublikasidan kelgan qatnashchilar bilan o’zaro hamkorlik memorandum imzolandi. Unga ko’ra  Misr Arab Respublikasining farmatsevtika sohasi bo’yicha hamda farmatsevtika institutlari o’rtasida professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, O’zbekistonda  sifatli va arzon dori vositalarini  ishlab chiqishni yanada takomillashtirirsh maqsadida O’zbekistonda Misr Arab Respublikasining “Wadi El Neel Benta” tashkiloti bilan hamkorlikda  zavod tashkil etish borasida va yana boshqa ko’plab masalalar yuzasidan kelishildi.

Mazkur anjumanda Misr Arab Respublikasidan quyidagi mehmonlar tashrif  buyurdi:

  • “Wadi El Neel Benta” tashkiloti bosh direktori Muhammad Ibrahim Ibrahim Dabur
  • “Wadi El Neel Benta” tashkiloti direktor o’rinbosari Naim Muhammad Ahmad Elsabbah
  • “Wadi El Neel Benta” tashkiloti mutaxassisi Ali Magdi Ali Rashad Abdelkavi
  • Misr Arab Respublikasining Toshkentdagi birinchi elchisi Khaled Mohammed Fekry.

     

     

 

Tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar monitoringi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 martdagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bandlari ijrosini taminlash maqsadida institut 1,2,3 kurs tayanch doktorantlari, doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari monitoringi o‘tkazildi. Monitoring ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov va ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonova tomonidan o‘tkazildi. Xar bir tayanch doktorant, doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

     

 

Toshkent farmatsevtika institutida tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora –  tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son  Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq Toshkent farmatsevtika institutida tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi. Monitoring Toshkent farmatsevtika instituti rektori professori  I.I.Alimdjanov va    ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonova tomonidan o‘tkazildi. Xar bir doktorant (Phd) va doktorant (DSc)larning  bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

 

“Karaganda davlat tibbiyot universiteti bilan  xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va tajriba almashish” 

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari boshchiligida   Karaganda davlat tibbiyot universiteti  professori f.f.d Abdullabekova Raisa Musilmanbekovna bilan ilmiy seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Разработка состава и технологии лекарственных форм для местного применения на основе углекислотного экстракта из травы Scоliosa ochroleuca L.”  mavzusida ma’ruza qildilar. Bundan tashqari  Karaganda davlat tibbiyot universiteti va u yerda olib borilaetgan ilmiy ishlar haqida doktorantlar bilan suxbatlashildi. Doktorantlar o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha Abdullabekova Raisa Musilmanbekovnaga savollar berdilar.

     

     

 

“Хalqaro xamkorlik – zamon talabi” 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PP-2909-sonli qaroriga asosan Toshkent farmatsevtika instituti olimlari yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha yo’naltirilgan ish olib bormoqdalar.

Shunday qilib, joriy yilning 17-23 may kunlari institutning bir guruh xodimlari – Farmakognoziya kafedrasi mudiri, prof. F.F.Urmanova, dori-texnologiyasi kafedrasi mudiri, prof. E.Kariyeva va ilmiy, innovatsion va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i, dots. MT Mullajonovalar Xitoy Xalq Respublikasining Nanchang shahridagi Jiangxi Xitoy an’anaviy tibbiyot Universitetining 60 yilligini nishonlashda ishtirok etdi. Ushbu davr mobaynida an’anaviy xitoy tibbiy universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, unda ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi va uni amalga oshirish uchun yo’l xaritasi muhokama qilindi va imzolandi.
Institut vakillari universitetning farmatsevtika fakultetining faoliyati bilan tanishdilar, ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish uchun farmatsevtika fakultetining o’quv rejalari, o’quv jarayoni va ilmiy ishlari bilan tanishdilar hamda an’anaviy xitoy tibbiy muzeyiga tashrif buyurdilar.

     

     

     

     

     

 

“Malakaviy imtihon”

Toshkеnt farmatsеvtika instituti xuzuridagi DSc.27.06.2017. Far.32.01 raqamli Ilmiy kеngashida mavjud ixtisosliklar bo’yicha tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihon topshirdilar. Ixtisoslik fanlaridan malakaviy imtihonlarni O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy attеstatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil fеvralida tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”i  va 2017 yil 27 iyundagi “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida” qarori asosida tashkil etildi.

     

 

Toshkent farmatsevtika institute “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi.

O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligining  2019-yil 26-iyundagi 572-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabgorlarning yakka  tartibdagi rеjasi bajarilishini xar chorakda monitoring qilish tartibi to’g’risida”gi nizomning ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora –  tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son  Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq    “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan   tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi. Monitoringni Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor  I.I.Alimdjanov, ilmiy ishlar va  innovatsiyalar bo’yicha prorektori k.f.d.  N.S.Normahamatov va  ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog  kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonovalar tomonidan o‘tkazildi. Xar bir tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

     

24.09.2020, 18:10 14793