Toshkent farmatsevtika instituti “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan 1-bosqich tayanch doktorant (Phd) va mustaqil izlanuvchi (Phd),(DSc)lari faoliyatining samaradorligi boʼyicha reja asosida monitoringi boʼlib oʼtdi

07.07.2020, 10:57 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1760

Oʼzbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 26-iyundagi  572-son buyrugʼi bilan tasdiqlanganTalabgorlarning yakka tartibdagi rejasi  bajarilishini har chorakda monitoring qilish tartibi to’g’risida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʼzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2017- yil 22 –maydagiOliy oʼquvyurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʼgʼrisidagi”gi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim to’g’risidagi nizomning 52-bandiga muvofiqDoktorantlar maktabidatahsil olayotgan 1bosqichtayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi boʼlib oʼtdi. Hozirda Respublikamizda karantin munosabati bilan monitoring  Zoom platformasi orqali tashkil etildi. Monitoring Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori k.f.d. N.S.Normaxamatov va ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi boshligʼi f.f.n., dotsent M.T.Mullajonovalar tomonidan oʼtkazildi. Har bir 1-bosqich tayanch doktorant (Phd) va mustaqil izlanuvchi(Phd), (DSc)lar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlari reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan mahalliy va xorijiy maqolalari va kutilayotgan natijalar to’g’risida batafsil suhbatlashildi. Ularning dissertatsiya ishlarini amaliyotga tadbiq etilish holatlari muhokama etilib, kamchiliklari ko’rsatildi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova