Magistratura mutaxassisliklari

Institutda quyidagi fakultеtlar faoliyat yuritadi:

  • Farmatsiya;
  • Sanoat farmatsiyasi.

O’quv jarayonlari quyidagi kafеdralarda olib boriladi:

  • Ijtimoiy fanlar;
  • Tillar;
  • Fizika matematika va axborot texnologiyalari;
  • Farmakognoziya;
  • Farmasevtik kimyo;
  • Dori turlari texnologiyasi;
  • Farmasevtika ishini tashkil qilish;
  • Dori vositalarining sanoat texnologiyasi;
  • Biotexnologiya;
  • Dori vositalarni standartlashtirish va sifat  menejmenti.

Magistrturaga qabul qilishga oid ma’lumotlar:

Bugungi kunda Toshkent farmasevtika institutida 5 ta magistratura mutaxassisliklari  (5A510502- Farmatsiya ishini tashkil qilish va boshqarish, 5A510501- Farmasevtik kimyo va farmakognoziya, 5A320406-Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi 5A51603-Dorilarning sanoat texnologiyasi, 5A51602- Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi) mavjud bo‘lib ularda jami 100 magistratura talabalari tahsil olishmoqda. Ulardan 58 nafar talaba  1-kurs, 42 talaba 2-kursda o‘qiydilar).

Magistratura qabul qilish jarayonida abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni, kirish sinovlari va og‘zaki suhbatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393 – sonli qarorida batafsil yoritilgan. Hozirgi kunda mutaxassislik fanlari va og‘zaki suhbatning natijalari bo‘yicha baholashga o‘zgartirishlar kiritilib, ular bilan institut saytida tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori

Mutaxassislik fanlari va og‘zaki suhbatning natijalari bo‘yicha baholash mezoni

06.07.2020, 16:03 18511