(Uzbek) Ijtimoiy fanlar kafedrasining online tarzda navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

03.07.2020, 02:28 Institute news, Spiritual and educational activities, Events, News 1505

2020- yilning 2- iyul kuni Ijtimoiy fanlar kafedrasining  Zoom platformasi orqali navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Online tarzda  o’tgan  uchrashuvda  ijtimoiy  fanlar kafedrasi mudiri K.Ismailov qatnashuvchilarga  bugungi kunning eng dolzarb va bartaraf  etilshi kerak bo’lgan muammolardan biri korrupsiya va unga  butkul barham berish kerakligini ta’kidlab, “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni profilaktikasi” mavzularida ma’ruza qildi.

Shuningdek yig’lishning kun tartibiga kiritilgan yana ko’plab  masalalar yuzasidan ham to’xtalib o’tildi.

Online  yig’lishda qatnashgan ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari  mazkur yig’lishda ko’rilgan mavzularga oid fikrlarini va mulohazalarini bildirdilar.  Online tarzda o’tkazilgan tadbir kafedra yig’lishining qarorini qabul qilish bilan yakunlandi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova

B