Toshkent farmatsevtika institutida “O’zbekistonda farmatsevtika kecha, bugun va kelajakda” mavzusida 1-farmatsevtika konferensiyasi o’tkazildi.

20.04.2018, 18:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2539

     

     

     

Toshkent farmatsevtika institutida 18-aprel kuni “O’zbekistonda farmatsevtika kecha, bugun va kelajakda” mavzusida 1-farmatsevtika konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiya Toshkent farmatsevtika instituti va Pharm.club farmatsevtik uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

     

     

     

Konferensiyada 200 dan ortiq farmatsevtika sohasi mutaxassislari O’zbekiston farmatsevtika soxasining dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishdi. Konferensiya ishida turli davlat tashkilotlaridan bir qator, jumladan narx belgilash, raqobat, marketing yuritish va soliqqa tortish mavzulari yuzasidan ma’sullar o’zlarining chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzalar juda qizg’in muhokama qilindi va mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga yo’nalishlar bo’yicha javob berildi.

     

     

     

     

Konferensiya so’ngida turli nominatsiyalar bo’yicha Pharm.club-2017-yil yakunlari natijalariga ko’ra eng samarali faoliyat ko’rsatayotgan farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va dorixonalar taqdirlandi. Keyingi kunlarda farmatsevtika sohasi qabul qilingan qaror va farmonlarda belgilangan vazifalarni bajarilishi bo’yicha qilinayotgan ishlar, ularni ta’minlashda nimalarga alohida e’tibor berilishi haqida ma’lumotlar berildi. Eslatib o’tamiz konferensiya yurtimizda birinchi marotaba tashkil etilishi.