Mutaxassislik fanlarini xorijiy tilda o’tishga tayyorgarlik.

28.01.2020, 15:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1717

Tillar kafedrasi katta o’qituvchisi N.S. Karimova tashabbusi bilan birinchi bosqich magistratura talabalari amaliy xorijiy til fanidan mustaqil ta’lim sifatida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishga tayyorgarlik tariqasida noorganik kimyo fanidan osh tuzining tabiiy va kimyoviy olinishi mavzusida ingliz tilida dars o’tib berishdi. Dars jarayonida mavzuning tayanch so’zlari tanishtirildi, osh tuzining kimyoviy olinishi va tabiiy qazib olinishi haqidagi video namoyish etildi.

Birinchi bosqich magistranti Sh.Fayzullayeva  tajriba sifatida osh tuzi kristallidan 0.9% li izotonik eritmasini tayyorlab ko’rsatdi.

Magistrantlar dars jarayonida domino, aqliy hujum kabi pedogogik texnologiyalardan samarali foydalanishdi.

     

     

Tillar kafedrasi