Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi

17.10.2020, 16:39 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 1144

Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi

O‘RQ-637-son Qonunining targ’ibotiga bag’ishlangan

tadbir tashkil etildi

2020 yil 17 oktyabr kuni  FITQ kafedrasi tashabbusi bilan kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirni institutning FITQ kafedrasi mudiri Sh.Z.Umarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonunining mazmun-mohiyati, ta’lim prinsiplari, ta’lim turlari, ta’lim tizimini boshqarish va ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi va  ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, tadbir jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan taqdimot materiallari namoyish etildi va bu borada kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida muzokaralar olib borildi.