Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasida Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan kitobxonlik kechasi o‘tkazildi

22.01.2020, 13:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1799

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan, yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus e’lon qilingan bo‘lib, to‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent farmatsevtika instituti, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan, 2020-yil 16-yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida, o‘zbek adabiyotining nodir asari “O‘tkan kunlar”  romani  asosidagi kitobxonlik kechasini o‘tkazildi, tadbirda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari: fil.f.n., dots. M.Abdullaeva, fil.f.d. X.Xamroqulova, fil.f.n., dots. G.Jo‘raevalarning, shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Abdulla Qodiriy uy muzeyidan mutaxassislari qatnashdi. Tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarining esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi.

     

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi