Magistratura yo’nalishida an’anaviy tarzda dars jarayonlari boshlandi
Toshkent farmatsevtika institutining 2020-2021- o’quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalar bilan institut rahbariyati tomonidan yig’ilish o’tkazildi. Unda o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A.Yo’ldoshev uchrashuvni kirish so’zi bilan ochib berdi va magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalarning o’qishlarida omad va zafarlar tiladi.
Eslatib o’tamiz, magistraturaning barcha bosqich talabalari uchun an’anaviy tarzdagi dars jarayonlari 2020-yil 12-oktabrdan boshlandi.
Institut matbuot xizmati