Farmakologiya kafedrasi va klinik farmatsiya kafedrasi “Birinchi tibbiy yordam” fanidan “Terapevtik kasalliklarda birinchi tibbiy yordam” mavzusidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

16.01.2020, 14:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1887

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2018-yil 14-fevral PQ-3532 sonli  “Famasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”gi 2017-yil 5-maydagi PQ 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada isloh qilish ” chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish  chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qarorini ta’minlash maqsadida Toshkent Farmasevtika instituti” Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi assistenti Gulchexra Alievna Alimdjanova  tomonidan “Farmatsiya” yunalishi 502-A guruhida “Terapevtik kasalliklarda birinchi yordam “mavzusi bo‘yicha 2020- yil 14- yanvar kuni soat 1000 da 2-bino 408-xonada ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.  Mashg‘ulot davomida innovatsion pedogogik texnologiyalaridan “SWOT”, “Aqliy Hujum”,”Mevali daraxt” va vaziyatli masalalar, tematik testlardan foydalanildi. Shuningdek,ochiq darsda texnika vositalaridan keng qo‘llanildi.  Talabalarga terapevtik kasalliklarni hozirgi kunda  tibbiyotdagi davolashning zamonaviy  usullari va farmakologiya sohasiga oid yangi prepaparatlar haqida ma’lumot berildi. Guruhdagi talabalar “Terapevtik kasalliklarda birinchi yordam” mavzusi  bo‘yicha bilimga ega bo‘ldilar.

     

Kafedra mudiri  b.f.d: Fayzieva Z.T.