“Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi  II amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

25.04.2019, 14:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2423

Bugun dunyoda tibbiyot va farmatsiyaning taraqqiyotiga  Ibn Sino o‘zining g‘oyat katta ta’sirini o‘tkazgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Abu Ali ibn Sino 450 dan ziyod asar yozgan. Afsuski, ularning 242 tasi bizgacha yetib kelgan, xolos. Eng mashhur asari tibbiyotning hozirgi zamon iborasi bilan aytganda, qomusi sifatida e’tirof etilgan “Tib qonunlari” hisoblanadi. Kasallikning kelib chiqishi, alomatlari, davolash usullari, oddiy dorilar tayyorlash, dorishunoslik, salomatlikni asrashda sog‘lom turmush tarzi tamoyillari va boshqa jihatlar mufassal yortilgan bu kitob Yevropaning turli tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etilgan. Qariyb besh asr davomida qit’aning  tibbiyot o‘quv yurtlarida darslik sifatida o‘qitilgani ham uning noyobligidan dalolatdir. Shu o‘rinda yurtimizda Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosiga bag‘ishlab tadbirlar, koferensiyalar tashkil etib kelinmoqda. 2019 yilning 25 aprel kuni Toshkent farmatsevtika instituida “Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar”mavzusidagi  II amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Abu Ali Ibn-Sino jamoatchilik fondi, Dori-darmon, Zamona Rano, Nobel farm korxonalari, Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi va Toshkent farmasevtika instituti va’killari ishtirok etdilar. Konferensiya qatnashchilari soat 8.30 dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazildilar. Mazkur II amaliy konferensiya  soat 9.00-16.00 ga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Konferensiyani Toshkent farmatsevtika institui rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich kirish so‘zi bilan ochib berdi va  Abu Ali Ibn Sinoning  tibbiyot, xalq tabobati, dorishunoslik rivojidagi o‘rni, uning aniq va tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar ravnaqiga qo‘shgan beqiyos hissasi, sog‘lom turmush tarziga oid qarashlari xususida to‘xtalib o‘tdi.Yig‘lishda boshqa millat vakillari ham ishtirok etmoqdalar.  Shuningdek konferensiyada hamkor tashkilotlar vakillari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar. Mazkur  konferensiya jarayoni O’zbekiston 24 va Yoshlar  telekanali orqali  yoritilshi rejalashtirildi.

     

     

     

     

      

     

     

     

     

     

     

Institut  matbuot  kotibi N.L.Usmanova