Toshkent farmatsevtika institutiga Xitoy Xalq Respublikasining “the Affiliated Hospital of Jiangxi University” rahbari Xiong Hang Peng boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi

19.03.2019, 15:55 Institut yangiliklari, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2374

2019 yil 19-mart kuni Toshkent Farmatsevtika institutiga Xitoy Xalq Respublikasidan the Affiliated Hospital of Jiangxi University rahbari Xiong Hang Peng boshchiligidagi delegatsiya tashrif  buyurdi.

Delegatsiyaning tashrif  buyurishdan ko’zlangan asosiy maqsad- Toshkent Farmatsevtika Instituti bian memorandum tuzib ,kadrlarning ilmiy salohiyatni oshirish, tadqiqot va harakat dasturlari doirasida o’qitish jarayonini takomillashtirish,  tajriba  almashish, xalq tabobatini farmatsevtika sohasiga keng jalb qilishga qaratilgan  ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishdir.

Tashrif davomida delegatsiya institut strukturasi, uning strategik yo’nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar yakunida Toshkent Farmatsevtika instituti va the Affiliated Hospital of Jiangxi University o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida kelishuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

Xalqaro bo’lim