O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash va psixologik xizmat tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.
Qaror loyihasiga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
xorijiy tajribadan kelib chiqib, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga ijtimoiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi, psixologik xizmat faoliyatini boshqarish, oilaviy konsultatsiya va kouching kabi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish;
respublikaning chekka hududlarida amaliyotchi psixologlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;
oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida psixologiya ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalarida malakaviy amaliyot davomiyligini 8 haftadan 15 haftaga oshirish;
psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash rejasini tasdiqlash va ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish vazifalari belgilangan.
Edu.uz
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova