“Abdulla Qodiriy ijodi yoshlar nigohida” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi

01.02.2019, 19:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2601

Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aqlning chirog‘i, bilim manbaidir. Kitob – fikrlash quroli, hazina va tafakkur kaliti.  Kitob – nonday aziz, mo‘tabar va muqaddasdir.

Kitob insoniyat ongli hayotining, ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanalib kelinadi. Kitob – bepoyon olam: bag‘ri keng, osmoni baland, tubi teran… Donolar ta’rificha, kitob bilim manbai, insoniyat to‘plagan hikmatlar hazinasi.

       Zero, u ijtimoiy ong mahsulidir. O‘tmishdagilar o‘zlarida bo‘lgan jamiiy  zavq-shavq va lazzatni, ilm-hunar  gavharini keyingi avlodlarga nasldan-naslga meros bo‘lsin deb ardoqlab, kitob sahifalariga bitib qoldirganlar. Keyingi avlodlar esa ajdodlardan ibrat olib, zamondoshlari hayotini, ular yaratgan noyob  ma’naviy boyliklarni jamlab, kitoblar yozib qoldirganlar. Shuning uchun ham kitob insonning eng yaqin do‘sti, maslahatchisi, bilim manbai hisoblanadi.

Shu bois institut talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, badiiy asar mutolaasini targ‘ib etish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi “Buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning ma’naviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish hamda yozuvchi tavalludining 125 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 1027-f-son Farmoyishi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 dekabrdagi 990-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 1 fevral kuni institut kichik faollar zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Abdulla Qodiriy ijodi yoshlar nigohida” va  “Men sevgan asar” kabi mavzularda adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbir hamkorlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, tarbiyachi-pedagog, institut matbuot kotibi hamda Tillar kafedrasi. Tadbirni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ashurova Nigora Xayitovna kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbirning mazmun-mohiyati, adbining hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘zbekona urf-odatlar, ana’ana va qadriyatlarning keng yoritilishi xususida so‘z yuritildi. Shundan so‘ng, adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rolik namoyish etildi. Tadbir jarayonida adibning “O‘tkan kunlar” romani asosida talabalar o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi. Berilgan savollarga talabalar qizg‘in baxs-munazaraga boy tarzda javob berishdi. Asarlardan parchalar keltirildi. Tadbir jarayonida ma’ruza qilgan o‘qituvchilar quyidagilar: Tillar kafedrasi o‘qituvchilari D.Q.Xudoyqulova, G.Musaeva hamda tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupovalar. jami ishtirokchilar soni 45 nafarni tashkil etdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova