Farmatsevtik texnologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari DTT kafedrasining filialida olib borilmoqda.

23.11.2018, 14:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2259

2018-yil 23-noyabr kuni “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasida o‘qitiladigan “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Konsentrlangan eritmalarni tayyorlash. Ularni suyultirish va kuyultirish.” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlari kafedra filiali “Afsonak 63” xususiy dorixonasida “Farmatsiya” fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 3-kurs 309B guruh talabalari bilan kafedrasi assistenti M.A.Tashmuxamedova boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida konsentrlangan eritmalarni suyultirish, quyultirish va tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha talabalar tomonidan laboratoriya ishlari o‘tkazildi. Talabalar retseptura bo‘limidagi farmatsevt-texnolog bilan birgalikda konsentrlangan  dori shakllarini tayyorlashdi.