“Yangi katta majlislar zalining ochilish marosimi”

24.09.2018, 17:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2471

2018-yil 24-sentabr kuni Toshkent farmasevtika institutida yangi ta’mirdan chiqqan katta  majlislar zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida institut rektori, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar va barcha institut xodimlari qatnashdi. Shu bilan birgalikda ta’mirdan chiqqan katta majlislar zalini ochib berish uchun faxriy professor-o‘qituvchilar ham jalb etildi va ular bilan birgalikda rasmiy ochilish marosimi amalga oshirildi. Tadbirda institut rektori I.I.Alimdjanov so‘zga chiqdi va oxirgi vaqtlarda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari, institutdagi o‘zgarishlar, ta’lim jarayoni xaqida gapirib Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning “Zamonaviy ilm fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning xam, jamiyatning xam kelajagi yo‘q. Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar xisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqicha olib chiqa olamiz” deb aytgan so‘zlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

     

     

Shuningdek, institutning faxriy professor-o‘qituvchilar ham so‘zga chiqib, institutda olib borilayotgan amaliy ishlar, ta’lim-tarbiya jarayonida qilinayotgan yutuqlar va ustozlarimiz faoliyatlari haqida aytib kelajakda yana yuksak parvozlar tilashdi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova