Bakalavriat va magistratura bitiruvchilariga diplomlarni tantanali taqdim etish marosimi

02.07.2019, 08:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2246

Toshkent farmatsevtika institutining joriy yildagi bitiruvchilariga 2019 yil 29 iyun kuni tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimga institut raxbariyati, institutning faxriy professor -o‘qituvchilari, bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari tashrif buyurdilar.
Tadbirda institut rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich bitiruvchi talabalar va magistrlar hamda ularning ota-onalarini qutlar ekan o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarni egallab katta hayotga qadam qo‘yayotgan bayram sababchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Toshkent farmatsevtika institutida 2018-2019 o‘quv yilida bakalavriyat bosqichini 421 nafar talaba tamomlab bakalavr diplomini oldilar. Ulardan 31 nafari imtiyozli bakalavr diplomi bilan taqdirlandi. Shuningdek magistratura bosqichida 40 nafar talaba mutaxassislik diplomini olishga muyassar bo’ldilar.
Tadbir davomida institut bitiruvchilari va ularning ota-onalari qalbdagi ezgu so‘zlarini aytib insitut raxbariyatiga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Oq yo‘l sizga qadrli bitiruvchilar!

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova