Shaxmatchilarimizdan 91 ta medal!

23.11.2018, 12:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1870

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 6 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.

“International Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan shaxmat turnirida sportchilarimiz umumjamoa hisobida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Keyingi o‘rinlar Qozog‘iston va Eron shaxmatchilariga nasib etdi.

Shaxmatchilarimiz rapid, blis va standart yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 91 ta medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, shundan 26 tasi oltin medaldir!

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova