“Farmasevtik kimyo” kaferasi filiallarida olib borilayotgan dars jarayonlari.

29.10.2018, 14:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2183

Toshkent farmasevtika instituti “Farmasevtik kimyo” kafedrasining filiallaridan biri akademik S.S.Yunusov nomidagi O‘zR FA, O‘simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan bo‘lib, tahlil laboratoriyalari hozirgi zamon talablari asosida jihozlangan ushbu filialda talabalarga kafedraning professor o‘qituvchilari, tomonidan “Farmasevtik kimyo” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Talabalar ushbu filialda o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlardan kelajakda ish faoliyatlarida qo‘llash uchun o‘zlariga kerakli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni oladilar. Laboratoriyalarda dori moddalarini o‘simlik xomashyolaridan ekstraksiya usulida ajratib olish, shuningdek kimyoviy yo‘l bilan sintez qilish jarayonlarini, ajratib olingan dori moddalarini sifatini nazorat qilish va standartlash bilan yaqindan tanishib boradilar. Mazkur filialda talabalar ilmiy faoliyatlarini ham olib borishadi, bu esa o‘z navbatida talabalarning ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga yordam beradi. Sanoat farmatsiyasi fakulteti metrologiya yo‘nalishi 3-bosqich 301A va 301V guruh talabalari ikki institut o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan filialda “Farmasevtik kimyo” fanidan sentabr va oktabr oylarida laboratoriya mashg‘ulotlari olib borildi.

Sanoat farmatsiyasi fakulteti metrologiya yo‘nalishi 3bosqich 301 A va 301 V guruh talabalarining  O‘zR FA akademik S.S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan “Farmasevtik kimyo” kafedrasi filialida assistentlar G‘.B.Sotimov va S.Z.Nishanbayevlar tomonidan olib boriladigan laboratoriya darslarida qatnashish uchun tashrif lavhalari.

Sanoat farmatsiyasi fakulteti metrologiya yo‘nalishi 3-bosqich 301 V guruh talabalarining  O‘zR FA akademik S.S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan “Farmasevtik kimyo” kafedrasi filialida olib borilayotgan laboratoriya darslaridan lavha.