Dori vositalrini standartlashtirish va sifat menejmenti kefedrasi
Jalilov Fazliddin Sodiqovich
Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi:
Kafedra mudiri
Qabul vaqti:
Har kuni (14:00-16:00)
Tel.:
(0 371) 256-14-89
E-pochta:
Veb-sayt:
Kafedra tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakattda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlar faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash, ilmiy-tadkikot ishlarini samaradorligini oshirish maqsadida “Institut va faultetlarning tuzilmalari to‘g‘risida” Toshkent farmasevtika instituti rektorining 2018-yil 21-iyulda №533-sonli ichki buyrug‘i asosida Sano’at farmatsiyasi fakulteti tarkibida “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi tashkil qilindi. Kafedra mudiri vazifasini v bajarish farm.f.t., dotsent F.S. Jalilov zimmasiga yuklandi.
Kafedraning asosiy tarkibida 1 professor 3 dotsent, 1 (PhD)p katta o‘qituvchi va 6 assistent lavozimidan tarkib topgan professor-o‘qituvchilar jamoasi ish faoliyatini boshlashdi. Shuningdek kafedra jamoasiga tashqi o‘rindosh sifatida sohani yetuk bilimdonlari farm.f.d. professor A.A.To‘laganov hamda farm.f.d. A.F.Do‘smatovlar jalb qilindi. Kafedra professor-o‘qituvchilar jamoasi o‘z oldiga O‘zbekiston Respublikasi xalqini sifatli, yuqori samrador va bezarar dori vositalari bilan ta’minlaydigan, bilimli muttaxasislar yetkazib berishni maqsad qilib qo‘ygan.
Mudir haqida ma’lumot va erishgan yutuqlari.
Jalilov Fazliddin Sodiqovich 2004-yilda Toshkent farmatsevtika institutini bitirgan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “farmatsevt”. U hammuallifligida 170 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 1 ta monografiya, 6 ta uslubiy tavsiyanomalar, 1 ta informatsion xat, 15 ta o‘quv –uslubiy qo‘llanma, 30 ta ilmiy maqola, 115 dan ortiq mar’ruza materiali va tezis. 2009 yildan Xalqaro sud toksikologlar (TIAFT), 2015 yildan Xalqro dori vositalarining terapevtik monitoringi va klinik toksikologlar va 2016 yildan Xalqaro muxandislar assotsiatsiyalarning a’zosi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 32-son “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 27-fevraldagi 71-son buyrug‘i asosida o‘tkazilgan tanlovda sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha institut miqyosida “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida 1-o‘rinni, respublika miqyosida ham faxrli 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2016 yil O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qo‘shma qarori asosida o‘tkazilgan “Eng faol yosh shifokor” ko‘rik tanlovi tarmoq respublika bosqichining “Sog‘liqni saqlash sohasida yosh kimyogar olim” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritib, diplom bilan taqdirlandi.
Jalilov F.S. 2016-yilda INL loyihasi bo‘yicha «Favqulodda vaziyatlardagi tergov va ekspertlik harakatlari (kimyoviy xalokatlarda, terroristik aktlarda, tabiiy ofatlarda va boshqalar)» O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriligi sud-tibbiy ekspertiza Bosh byurosi xodimlari bilan Amerika qo‘shma shtatalarining O‘zbekistondagi elchixonasi homiyligida tashkil qilingan o‘quv-amaliy seminari ishtirok etib, Respublikamizning 5 ta viloyatida(Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy va Qoraqalpog‘iston res.) IIV, Adliya vazirligi va advokatura xodimlari uchun ma’ruzalar o‘qidi.
Jalilov Fazliddin Sodiqovich 2015 yil mart oyidan boshlab Xalqro dori vositalarining terapevtik monitoringi va klinik toksikologlar assotsiatsiyasi Markaziy Osiyodagi ilk a’zosi va mintaqa bo‘yicha raisi hisoblanadi, SHuningdek tashkilotga Zulfikarieva D., va Raximova G a’zosi hisoblanadi. F.S. Jalilov 2017-yilda Ushbu tashkilotning tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, xalqaro grantini qo‘lga kritib, 24-28 sentyar kunlari Yaponiyaning Kioto shahrida bo‘lib o‘tgan 15-xalqaro kongresida ishtirok etib qaytdi.
Jalilov Fazliddin Sodiqovich 2016-yildan Xalqaro muxandislar assotsiatsiyasining a’zosi.
F.S. Jalilovning rahbarligida 20 ga yaqin talaba turli tanlovlarda, loyihalarda, olimpiadalarda ishtirok etib, sovrindor bo‘lishdi. Ilmiy – pedagogik staji – 13 yil.
Kafedraning shu vaqtgacha erishgan yutuqlari
Bugungi kunda kafedrada mustaqil mamlakatimizning barkamol raqobat bardosh yuksak ma’naviyatli yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda 2 ta professor, fan doktorlari, 3 ta dotsent, 1 ta fan doktori, 1 ta PhD katta o‘qituvchi, 6 ta assistent faoliyat yuritmoqdalar. Kafedrada O‘quv dasturlari, majmualar, ma’ruzalar matnlari zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari 2018-yil 23-iyuldan 28-iyulga qadar bo’lib otgan Toshkent farmatsevtika institutida I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot Universiteti yetakchi mutaxassisi, dotsent Andrey Petrovich Meshkovskiy ishtirokida “GMP qoidalari va dori preparatlari registratsiyasi” mavzusida ilmiy seminarida faol ishtirok etishdi.
Kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari dunyoning bir qancha davlatlarida o‘z ilmiy-pedagogik malakalarini orttirishga muvaffaq bo‘lmoqdalar, jumladan Qozog’iston(Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi) Rossiya (I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot Universiteti), Ukraina, Italiya, Yaponiya, Xindiston (Milliy Farmatsevtika institutida (NIPER, Punjab) va olgan bilimlarini o‘quv jarayonini takomillashtirishda faol foydalanmoqdalar.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar ko‘lami yanada kengaytirilib, quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
- dori vositalarining sifatini nazorat qilishning yangi zamonaviy tahlil usullarini ishlab chiqish va validatsiyalash,
- dori vositalarini olish va standartlash,
- dori vositalaring zamonaviy bio va terapevtik samaradorligini aniqlash usullarini ishlab chiqish
Ilmiy-tadqiqot izlanishlarning ko‘pchiligi Respublikamiz va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy markazlar bilan hamkorlikda olib boriladi Yuqori texnologiyalar markazi, O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi va O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti, DUK “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasi sifatini ekspertiza qilish Davlat Markazi”, Dori vositalarini standartlash ilmiy Markazi, O’zRSSV Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi shular jumlasidandir. Bugungi kunda O‘zR FA O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti tarkibida kafedraning filiali faoliyat yuritmoqda. Mazkur filialda talabalar uchun dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining olib borgan ilmiy izlanishlar natijalari Respublika va halqaro jurnallarda va ilmiy-amaliy anjuman materiallarida chop etib kelinmoqda.
Kafedrada yosh ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularning o‘z ilmiy izlanishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xozirda shunday yosh pedagoglardan dotsentlar F.S. Jalilov katta o‘qituvchi K.N. Nurudullayevalar doktorlik dissertatsiyalari, assistentlar G.R.Zokirova, Ch.T. Toshtemirovalar PhD dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.
Kafedra professor-o‘qtuvchilari talaba yoshlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, ularning ichidan eng iqtidorli talabalarni tanlab kafedra yo‘nalishiga mos yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Talabalar o‘z tadqiqotlari natijalari haqida har yili institutda o‘tkaziladigan talablar ilmiy jamiyatining an’anaviy hamda xalqaro ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan qanashadilar. Kafedrada “Yosh sifat menejeri” to‘garagi faoliyat olib bormoqda.
Dori vositlarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi jamoasi (2018 y)
Kafedra professor-o‘qituvchilari institutning jamoat va ma’naviyat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar, jumladan institut Ilmiy kengashi, farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti Ilmiy kengashi, markaziy uslubiy va institut qoshidagi Muammolar hay’ati, institut huzuridagi fan doktori ilmiy daraja beruvchi 16.07.2013.Far.21.01 raqamli ixtisoslashgan kengash va uning qoshidagi ilmiy seminar, Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013. Far.21.01. raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zolari.
Kafedra xodimlari xalqaro aloqalarni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, tajriba almashuv maqsadida Qozog’iston Respublikasida 2018 yil 6-9 avgust kunlari kafedra mudiri F.S. Jalilov va katta oqituvchi K.N.Nurudullayevalar Janubiy Qozog’iston farmasevtlar assotsiyatsiyasida “Vnedrenie i trebovaniya standarta GDP” mavzusidagi o’quv kursida ishtirik etishdi. Shuningdek Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi hamda Janubiy Qozog’iston farmasevtlar assotsiyatsiyasi bilan ta’lim va ilm sohasida shartnomalar tuzishda ishtirok etishdi.
Xozirgi kunga kelib kafedra malakali va tajribali ilmiy-pedagogik xodimlarga, qobiliyatli va izlanuvchan yosh mutaxassis va doktorantlarga, zamonaviy o‘quv va ilmiy bazaga, teran va boy tarixiy, ma’naviy an’analarga ega bo‘lib, bu uning bundan keyin ham o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni yuqori saviyada, ko‘ngildagidek bajarish imkonini beradi. Kafedrada o‘quv dasturlari, majmualar, ma’ruzalar matnlari zamonaviy talablar asosida tuzilgan.
Kafedra jamoasi haqida batafsil ma’lumot
F.I.SH. Tillayeva Gulnora Urunbayevna
Lavozimi: Professor Tug‘ilgan vaqti: 14.04.1956-yil Telefon: +998 90 992-50-12 e-mail: |
MEHNAT FAOLIYATI 1973-1978 y. – Toshkent farmasevtika instituti talabasi. 1978-1986 y. – ƠzRFA Bioorganik kimyo instituti eksperimental texnologik laboratorisi katta laborant. 1986-1988 y. – ƠzRFA Bioorganik kimyo instituti eksperimental texnologik laboratorisi kichik ilmiy hodimi. 1988-1990 y. – ƠzRFA Bioorganik kimyo instituti eksperimental texnologik laboratorisi katta ilmiy hodimi. 1990-1995 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo kafedrasi assistenti. 1995-1997 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi v/b dosenti. 1997-1998 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi dosenti.
1998-2000 y. – SCV DV va TTSNQ Bosh boshqarmasining tibbiy texnikaning tibbiy texnika qơmita raisi muovini. 1999 y.- h.v.- Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi professori.
2000-2001 y.- SCV DV va TTSNQ Bosh boshqarmasining tibbiy texnikaning tibbiy texnika qơmita v.b. raisi. 2001-2016 y.- SCV DV va TTSNQ Bosh boshqarmasining tibbiy texnikaning tibbiy texnika qơmita raisi. 2016-2018 yy – Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi rrofessori. 2018 y h.v. – Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi rrofessori lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
|
Dusmatov Aziz Fayzamatovich
Lavozimi: K.f.d., Dotsent Telefon:+998 71 256-37-38 Tugilgan kuni: 03.09.1962-yil E-mail:aadusmatov@pharmi.uz |
|
MEHNAT FAOLIYATI 1992-1993 yy- Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlash laborotoriyasi katta ilimiy hodimi.1993-1996 y.-№51411- x/q da ekspert, bo`lim boshlig`I lavozimida xarbiy xizmat 1996 y. А.S.Sultonov nomidagi O`zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tekshirish institute 4 laborotoriyasi katta ilmiy hodimi.1998-2013 y. O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Dori vositlarini ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi qoshidagi Dori vositalari sifatini nazorat qilsish va standartlash laborotoriyasi mudir, Sinov markazi rahbari. 2015 yildan h.v. O`zbekiston Respublikasi Sog`loqini Saqlash vazirligi farmasevtika sohasini rivojlantirish Agentligi “dori-vositalari? Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat Markazi DUK qoshidagi farmakopeya qo`mitasi raisi. Hozirda Toshkent farmatsevtika Instituti “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasida tash`I o`rindosh sifatida faoliyat olib bormoqda. |
Mavlyanova Muslima Burxanovna
Lavozimi:Dotsent Telefon:.+998 97 404-74-31 Tugilgan kuni:28.04.1948-yil E-mail:mav.muslima@mail.com |
|
MEHNAT FAOLIYATI 1972-1973 y. Shifokorlarni qayta tayyorlash Toshkent instituti bioximik laboratoriyasi laboranti. 1973-1976 yy Butun soyuz ilmiy tekshirish farmatsevtika instituti aspiranti Moskva sh. 1976-1991 yy Toshkent farmatsevtika institutining farmatsevtik kimyo kafedrasi asistenti. 1991-2018 yy Toshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtik kimyo kafedrasining dotsenti. 2018 y h.v. – Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi dotsenti lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda |
Gaibnazarova Dilfuza Taxirovna
Lavozimi:Dotsent Telefon:+998 93 584-62-62 Tugilgan kuni:25.04.1966-yil E-mail: |
|
MEHNAT FAOLIYATI 1992-1996 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo kafedrasi aspiranti. 1996-2002 y. – Toshkent farmatsevtika instituti “Famatsevtik kimyo kafedrasi assistenti. 2002-2005 y. – Toshkent farmatsevtika instituti “Famatsevtik kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi 2005-2018 yy – Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti. 2018 y h.v. – Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi dotsenti lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda. |
Iminova Inoyatxon Miliyevna
Lavozimi: Dotsent Telefon:+998 90 359-64-57 Tugilgan kuni: 30.06.1965-yil E-mail: |
|
MEHNAT FAOLIYATI 1987-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan, provizor. 1987-1988 yy. – Andijon viloyati Jalalquduq tumani Markaziy tuman 6-dorixonasi provizori. 1989-1994 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi katta labaranti. 1994-2002 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi assistenti. 2002-2011 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2011-2012 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi. 2012 – 2018 yy – Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti. 2018 y h.v. – Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi dotsenti lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda. 2009-yildan buyon farmatsevtika fanlari nomzodi. Dissertatsiyasini 2009-yilda Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda “Sintez i standartizatsiya koordinatsionnыx soedineniy magniya s nekotorыmi proizvodnыmi piridina” mavzusida 15.00.02 – farmatsevtik kimyo va farmakognoziya ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. |
Zokirova Gulruh Rahmatillayevna
Lavozimi: Kafedra assistenti Telefon: (0 371) 256-23-35 Tugilgan kuni: 17.09.1984-yil E-mail: zokirova-84gmail.ru |
|
MEHNAT FAOLIYATI 2010-2011 y – Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi laboranti , 2011-2016 y -Toshkent farmatsevtika institutitalabasi, 2016-2018 y – Toshkent farmatsevtika instituti magistratura talabasi, 2018 y h.v. – Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi assistenti lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda. |
Toshtemirova Charos Toshtemirovna
Lavozimi: Assistent Telefon:(0 371) 256-23-35 Tug‘ilgan kuni: 18.03.1986-yil E-mail: charos _86@mail.ru
|
|
MEHNAT FAOLIYATI 2006-2011 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti talabasi, 2013-2014 yy -Toshkent farmatsevtika instituti o‘quv bo‘limi inspektori, 2013-2015 yy -Toshkent farmatsevtika instituti magistratura bo‘limi uslubchisi, 2014-2016 yy – Toshkent farmatsevtika instituti magistratura talabasi, 2017-2018 yy – Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sektori muxandisi, 2018 y h.v. – Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi assistenti lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda. |
Bekchanov Bekzod Saliyjonovich.
Lavozimi: Assistent Telefon: (0 371) 256-23-35 Tugilgan kuni: 1992-yil E-mail: b.s.bekchanov@gmail.com
|
|
MEHNAT FAOLIYATI 2016 yil Toshkent Farmasevtika Instituti bakalavr bosqichini tugatgan. Diplom bo’yicha mutaxassisligi –“farmasevt”.2018 yil Toshkent Farmasevtika Institutining “Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi” yo’nalishi magistratura bosqichini bitirgan. Hozirda dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi assistent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Undan tashqari 4 ta ilmiy maqola bir qancha tezislar va “Dori vositalarni ishlab chiqarish validatsiyasi” fanidan fan va ishchi dasturlar ishlab chiqishda, G.U.Tillaeva va F.S. Jalilov aftorligida chiqarilgan “Standartisatsiya va sertifikatsiya” O`quv qo`llanmasini yaratishda o`zini ajralmas hissasini qo`shgan |
2019-yil 11-sentabrdan 30-oktabrgacha Xitoyda Xitoy oziq-ovqat va fermentatsiya sanoat korporatsiyasi milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil qilingan ilmiy stajirovkani mufovaqqiyatli tugatib sertifikat sohibi bo`lgan.
Madaminova Malika Komiljon qizi
Lavozimi: Assistent Telefon:+99871 256-23-35 Tugilgan kuni: 1992 yil. E-mail: malika_ madaminova@mail.ru |
|
MEHNAT FAOLIYATI Millati o’zbek. 2014-yil Toshkent farmatsevtika Instituti bakalavr bosqichini tugatgan. 2018-yil Toshkent farmatsevtika Institutining “Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi” yo’nalishi magistratura bosqichini bitirgan. Hozirda dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi asisstenti. |
Mustafaev Ummatjon G`ayrat o`g`li
Lavozimi: Assistent Telefon: (0 371) 256-23-35 Tugilgan kuni: 1992-yil E-mail: dr.ummatm@umail.uz |
|
MEHNAT FAOLIYATI 2016-yil Toshkent farmatsevtika Instituti bakalavr bosqichini tugatgan. Diplom bo’yicha mutaxassisligi “farmatsevt” 2018-yil Toshkent farmatsevtika Institutining “farmatsevtik kimyo va farmakognoziya” yo’nalishi magistratura bosqichini bitirgan. Hozirda dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi assistent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda. |
Sharofutdinova Dilobobar Toshtemirovna
Lavozimi: Assistent Telefon: (0 371) 256-23-35 Tugilgan kuni: 1967-yil E-mail: dilobar67@mail.ru |
|
MEHNAT FAOLIYATI 1984-1989 y. – Toshkent farmatsevtika institute talabasi 1990-1995 y. – Namangan viloyati chust shahar markaziy dorixonasila provizor 1995-2002 y. – Chust shaxar 48 sonli dorixona mudiri 2002-2019 y.– Chust tibbiyot kollejida farmakologiya va retseptura asoslari fani hamda lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi fanidan yetakchi o`rituvchi 2019 y. -h.v.– Toshkent farmatsevtika institute dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi assistenti |
Kafedrada fidokorlik bilan ishlovchi labarantlarimiz
Maxmudova Risolat Bahadirovna.
Miraxmedova Aziza Abdurahmonovna.
Yuldasheva Maxfuza Tolibjon qizi.
Abulqosimova Feruza Nuriddin qizi.
Kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy faoliyat haqida ma’lumot.
Kafedrada olib borilayotgan o‘quv ishlar
Kafedrada Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti(dori vositalari) Farmatsiya (farmatsevtika ishi), Farmatsiya (klinik farmatsiya), Farmatsiya (farmatsevtik tahlil), Kasb ta’limi (farmatsevtika ishi), Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari), Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya) bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Mutaxasislikka kirish”, “Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi”, “Sertifikatsiya va standartizatsiya”, “Dori vositalarini sifatini ta’minlash”, “GXP asoslari”, “Dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari”, “Biotexnologik preparatlarni instrumental taxlil usullari”, Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalariga “Dori vositalarini sifatini nazorat qilish” Dorilarning sanoat texnologiyasi ta’lim mutaxassisligida o‘qitiladigan “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” fanlaridan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Kafedrada fanlaridan mashg’ulotlar zamonaviy axborot, pedagogik va innovatsion ta’lim texnologiyalar asosida, maxsus laboratoriya asbob-uskunalari va qurilmalari yordamida olib boriladi. Magistrlik dissertatsiya ishlarining mavzulari, bevosita ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalari va ularning muammolari asosida shakllantirilib, tegishli hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan holda shu bugungi kunga qadar muvaffaqiyatli himoya qilib kelinmoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Bakalavriat
- Mutaxasislikka kirish,
- Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi,
- Sertifikatsiya va standartizatsiya
- Dori vositalarini sifatini ta’minlash,
- Dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari,
- GXP asoslari,
- Biotexnologik preparatlarni instrumental tahlili
Magistratura
- Dori vositalar sifatini nazorat qilish
- Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti
Bugungi kunga kelib yuqorida qayd etilgan barcha fanlarning fan va ishchi dasturlari, o‘quv re’jalari, o‘quv-uslubiy majmualari va o‘quv modullari (elektron) zamon talabi asosida qaytadan ko‘rib chiqildi, tasdiqlandi va ulardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Kafedra xonalari yangi zamon talablari asosida instrumental asbob – uskunalar, televizorlar, kompyuterlar va eng oxirgi rusumdagi laboratoriya jixozlari bilan ta’minlandi. Ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy o‘qitish usullaridan, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda taqdimotlar qo‘llab olib borilmoqda. Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish yuzasidan keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda va takomillashtirilmoqda, jumladan “Dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari tahlil usullari”, “Sovremennыe aspektы kontrolya kachestva lekarstvennыx” darsligi va ”Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi”, “Dori vositalarini sifatini ta’minlash”, darsliklari va o‘quv-qo‘llanmalari mavjud.
Kafedrada quyidagi rejalar asosida ma’ruza va laboratoriyamashg’ulotlari olib borilmoqda
“Dori vositalarini ishlabchiqarish validatsiyasi” fani
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun“Dori vositalarini ishlabchiqarish validatsiyasi” fanidan ma`ruzalarining taqvimiy rejasi(Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil))
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun “Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi” fanidan ma`ruzalarining taqvimiy rejasi (Metrologia, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti)
DVZTU fanidan
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun DVZTU fanidan labaratoriya mashg`ulotlarining taqvimiy rejasi “Kasb ta’limi” (Farmatsiya)
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun DVZTU fanidan labaratoriya mashg`ulotlarining taqvimiy rejasi “Farmatsiya” (Dorixona muassasalari ishi)
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun DVZTU fanidan ma`ruzalarning taqvimiy rejasi “Kasb ta’limi” (Farmatsiya)
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun DVZTU fanidan ma`ruzalarning taqvimiy rejasi “Farmatsiya”vа “Kasb ta’limi” (Dorixona muassasalari ishi)
- Календарный план лекционных занятий по предмету “Современные аспекты контроля качества лекарственных средств” (АД) для студентов 5 курса на 2018-2019 учебного года 10 семестр
- Календарный план лабораторных занятий по предмету “Современные аспекты контроля качества лекарственных средств” для студентов 5 курса на 2018-2019 учебного года 10 семестр
DVZTU fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil) yo’nalishi uchun DVZTU fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi2018-2019 o’quvyili uchun Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil) yo’nalishi uchun DVZTU
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchunFarmatsiya (Farmatsevtik tahlil) yo’nalishi uchun DVZTU fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi2018-2019 o’quv yili uchunMetrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menegmenti (farmatsevtika sohasi boyicha) yo’nalishiuchun DVZTU fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil) yo’nalishiuchun DVZTU fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi boyicha) yo’nalishi uchun DVZTU fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil) yo’nalishi uchun DVZTU fanidan ma’ruzalarining taqvimiy rejasi
DVST fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun DVST fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil 4-kurs))
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menelmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun DVST fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil 5-kurs)
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun DVST fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo`nalishi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi “DVST” fanidan maruzalarining taqvimiy rejasi Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil (4-kurs))
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun “DVST” fanidan maruzalarining taqvimiy rejasi Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil (5-kurs))
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun Metrologia, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi boyicha) “DVST” fanidan maruzalarining taqvimiy rejasi
- Календарный план лекций по предмету “Обеспечение качества лекарственных средств”
- Календарный план лабраторных занятий по предмету “Обеспечение качества лекарственных средств”
“SS” fanidan maruzalarining taqvimiy rejasi
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun “SS” fanidan maruzalarining taqvimiy rejasi (Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil))
- Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun “SS” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi (Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil))
- Календарный план лекций по предмету: “Качество, стандартизация и сертификация” для студентов 5 курса направление фармация (Фармацевтический анализ) за 2018-2019 учебный год
- Календарный план лабораторных занятий по предмету: “Качество, стандартизация и сертификация” для студентов 5 курса направление фармация (Фармацевтический анализ) за 2018-2019 учебный год
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlari haqida.
Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 50 % tashkil etadi.
2018-2019 o‘quv yilida kafedrada 16 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 2 ta professor( fan doktori), 5 ta dotsent( 1 fan doktori, 4 fan nomzodi), 1 katta oqituvch(PhD), 8 ta assistent.
Kafedra professor-o‘qituvchilari turli xil ilmiy texnikaviy va iinnovatsion loyixalar, davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqdalar.
Kafedrada amaliy ilmiy-texnik va innovatsion loyixalari ustida izlanishlar olib borildi:
Dotsent F.S.Jalilov Oliy xarbiy bojxona institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlari asosida Davlat granti “Sintetik kannabinoidlar – «spayslar» va antidepressantlarni aniqlash uchun toksikologik va immunologik markerlarni tadqiq etish” bo‘yicha BV-M-F-7-001-sonli fundamental tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun 03.01.2017 yildan 31.12.2018 yilgacha tuzilgan ilmiy jamoada ishtirok etgan. (03.05.2017 yil №35 buyruqdan ko‘chirma).
– IP 7294 “Semiz o‘tdan samarali dori preparatlarini ishlab chiqish” (loyiha rahbari f.f.d. Do‘smatov A.F.)
I-SS-2017-6-25 «Mahalliy inulin saqlovchi xom ashyo asosida gipoglikemik va umumiy quvvatlantiruvchi ta’sirga ega biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish” mavzusidagi innovatsion loyihada (ishtirokchi K.N.Nuridullaeva)
Kafedra pedagoglari bugungi kunda doktorlik DSc va PhD dissertatsiyalari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, jumladan:
Jalilov F.S. ning “Antidepressant dori vositalari va payslar modofikasiyalarining kimy-toksiaologik va biofarmatsevtik xususiyatlari” nomli doktorlik DSc dissertatsiya mavzusi 02.00.09 va 15.00.02 yo‘nalishi bo‘yicha B2017.2.DSc/K32 raqami bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ro‘yxatga olingan.
– Kafedra Po‘larning chop etgan 3 nafar ilmiy itshlariga 3 marta iqtiboslik keltirilgan.
– Jami 2018 yilda 26 ta ilmiy ish chop etilgan. Ulardan: xorijda 1 ta maqola va 3 ta tezis, xamda mahalliy jurnallarda 5 ta maqola va 17 ta tezislardir.
DVS va SM kafedrasi xodimlari tomonidan xalqaro miqiyosidagi chop etilga ilmiy maqolalar
№ | Maqola nomi | Nashr etilishiga doir ma’lumotlar | Mualliflar |
1. | Izuchenie mikroelementnogo sostava nadzemnoy chasti i ekstrakta podmarennika sepkogo | «Farmatsiya» nauchno -prakticheskiy jurnal, Sp. vыp. Sankt-Peterburg.2014g. S. 469-471 | Gaibnazarova D.T.
Kasimova D.T |
2. | Validatsiya metodiki identifikatsii tabletok “Rinomaks” metodom VEJX | Molodejnыy nauchnыy forum: yestestvennыe i meditsinskie nauki. №4 (43) str 64-68. | Mavlyanova M.B.
Mirkasimova G.A. |
3. | Validatsiya metodiki kolichestvennogo opredeleniya summы flavonoidov jidkogo ekstrakta «Gepostim» | Austria science №4 2017 g. S. 16-20 | I.M. Iminova |
4. | Kalsiy nikatinatning nikotinamidli kompleks birikmasini sintezi va uni standartlash | Farmasevtika jurnali, 2014y, №2.S. 38-42 | I.A. Mirzayoqubov, A.F. Dusmatov, O.T.Azizov |
5. | Razrabotka i validatsiya metoda vejx-mass spektroskopii v analize lekarstvennogo preparata «INTRALIN» | Farmasevtik xabarnoma № 2, 2017 y. Bet 38-43 | R.A.Xusainova, K.A.Ubaydullaev,
A.F. Dusmatov |
6. | Validatsii VEJX metodiki kolichestvennogo analiza substansii azitromitsina | Farmasevticheskiy jurnal №1,-2017 -S. №1 S. 42-48 | D.T.Gaibnazarova, D.B.Kasimova |
7. | O‘zbekiston farmatsevtika bozorida – antidepressantlar | «Yosh olimlar» Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Termiz, 2017. – B. 159. | Jalilov F.S. Sabitova M.A., Norqulova G.SH., Fayzullayeva SH.X., Xursandov S.D. |
8. | Depressiyaga qarshi tritsiklik antidepressantlarning toksikologik xossalari haqida | «Yosh olimlar» Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Termiz, 2017. – B. 196-197. | Jalilov F.S. Fayzullayeva SH.X., Xursandov S.D. |
9. | Depressiyaga qarshi yig‘madan quruq ekstrakt olish texnologiyasi | “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 74-ilmiy anjuman materiallari, – Toshkent, 2017. – B. 108-109. | Jalilov F.S. Sayfulayeva M.S., Sabitova M.A. |
10. | Sertralinni qondan ajratib olish usulini ishlab chiqish | “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 74-ilmiy anjuman materiallari, – Toshkent, 2017. – B. 125-126. | Jalilov F.S. Xolboyeva S. |
11. | Essitalopram dori vositasini GX-MS-MS usulida tahlil sharoitlarini ishlab chiqish | “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 74-ilmiy anjuman materiallari, – Toshkent, 2017. – B. 126- | Jalilov F.S. Xursandov S., Sultonova M.Sh., Pulatova L.T. |
12. | Hallux Valgus kasalligi va uning tibbiyotdagi davo choralari | “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 74-ilmiy anjuman materiallari, – Toshkent, 2017. – B. 127-128. | Jalilov F.S. Ishonqulova N.F., Mirxo’jayev A.B. |
13. | Trazadon dori vositasini yupqa qatlamli xromatografiya usulida tahlilini o‘rganish | “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 74-ilmiy anjuman materiallari, – Toshkent, 2017. – B. 130-131. | Jalilov F.S. Bobonazarov U.M., Malikova M.A., Uzokov R . |
14. | Methods for identification of syntehetic drugs-spices in expert researches | 12th International Symposium on the Chemistry of Natural Compounds – Tashkent. 2017. – P.68 | Jalilov F.S. Pulatova L.T. |
Dori vositlarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi kafedrasida amalga oshirilayotgan ma’naviy ma’rifiy ishlar.
Institut ma’naviy-ma’rifiy rejasi asosida kafedraning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari rejalari ishlab chiqildi. O‘qituvchilar ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha 3 xil yo‘nalishda hisobot tayyorlashlari aytib o‘tildi, ya’ni kafedrada bajariladigan, murabbiylar rejasiga asosan va talabalar turar joyida bajariladigan ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha hisobot berib boriladi.
Respublika Oliy ta’lim vazirligi tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqilgan odob axloq qoidalari bilan akademik guruhlarda va guruh murabbiysi tomonidan guruh talabalarini tanishtirish, talabalarning darslarga o‘z vaqtida borishligi kundalik o‘zlashtirishni yaxshilash va darslarni qoldirmaslik institut ichki tartib intizomiga bo‘ysinish, har bir darsga borganda guruh jurnalini olib borish va o‘zlashtirish jarayonini o‘z vaqtida jurnalga qayd etish, va guruh jurnaliga talabalar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish asosida tushuntirish ishlari ham olib borildi. “Ustozlik sharafi va ma’suliyati”- xaqida suhbatlashildi va ma’ruza o‘qib eshittirildi. Talabalarga dars qoldirmaslik, vaqtida darsga kelish puxta bilimlarni egallash tayinlandi. Shu bilan birga institutda kiyinish madaniyati haqida gapirildi.
DVS standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi ustoz murabbiylari
№ | Murabbiylarning familiyasi, ismi va nasabi | Kafedra | Lavozimi | Guruhi |
1 | Bekchanov Bekzod Saliyjanovich | DVS va sifat menejmenti | Assistent | SF 301A-301B
|
2 | Zokirova Gulrux Raxmatillaevna | DVS va sifat menejmenti | Katta o`qituvchi | SF 204A-204B |
3 | Toshtemirova Charos Toshtemirovna | DVS va sifat menejmenti | Assistent | SF 205A-205B |
4 | Vaxidova Nargiza Muxiddin qizi | DVS va sifat menejmenti | Assistent | BIO 201A-201B |
5 | Usmonova Malika Komiljon qizi | DVS va sifat menejmenti | Assistent | MS 202A-202B |
6 | Mustafayev Ummatjon G`ayrat o`g`li | DVS va sifat menejmenti | Assistent | MS 101A-101B |
7 | Sharofutdinovna Dilobar toshtemirovna | DVS va sifat menejmenti | Assistent | SF 208A-208B |
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini yuqori saviyada va keng miqyosda nishonlash xaqida suxbat olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan “Go‘zal va betakrorimsan muqaddas Vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim” mavzusida, hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan videofilm ko‘rildi va davra suhbati olib borildi.
Xususiy xonadonlarda yashovchi talabalar bilan ishlash bo‘yicha: talabalarning ro‘yxati va yashash manzillari bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirildi. Bu boradagi ishlarni tashkil etishda mahalla fuqarolar yig‘inlari, uchastka-profilaktika nozirlari bilan hamkorlikni kuchaytirildi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalarning madaniyat maskanlari (teatr, muzey, tasviriy va ijodiy ko‘rgazmalar h.k.)ga tashriflarini uyushtirish.
Barcha talabalar Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga a’zo bo‘ldilar va dekanat xodimlariga ma’lumot topshirdilar.
Talabalarni axborot soatlari materiallari bilan tanishtirib borilmoqda. Ma’naviyat kunlarida faol ishtirok etilmoqda.
Institutda kafedra va “Yoshlar ittifoqi“ a’zolari bilan birgalikda “Ajdodlarga mos avlodmiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Amir Temur xayoti, taxtni boshqarishdagi faoliyati, farzandlari xaqida saxna ko‘rinishlar qoyildi.
Muntazam talabalar turar joyida reja asosida suxbatlar o‘tkazilib turildi. Talabalar turar joyida va institutda talaba-qizlarni sharm-hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini keng targ‘ib qilib, muomala, kiyinish, yurish-turish borasida chetdan kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan “Madaniyat”larning talaba-qizlar orasida tarqalishiga oldini olish ruknida suhbat kabi turli mavzularda olib borildi.
Kafedrada o‘quv jarayonidagi qulayliklar, materiallar, AKT vositalari haqida qisqacha ma’lumot.
Kafedrada o’quv jarayoni uchun qullayliklar mavjud bo’lib, har bir fan uchun alohida o’quv uslubiy majmua mavjud bo’lib, ushbu majmualardan kafedra professor–o’qituvchilari dars jarayonlarida mukammal foydalanib kelishmoqda. O’quv jarayonida talabalarga tushunarli bo’lishi uchun amaliyotda ko’proq materiallar, Shu bilan birga o’quv jarayonini ma’ruza vaqtida fanlarga oid prizentasiya hamda tarqatma materillaridan foydalanilari. Kafedrada o‘quv jarayonini olib borish uchun 5 ta kompyuter, 2 ta televizor va 2 ta printer mavjud.
KAFEDRANING XO‘JALIK SHARTNOMALARI HAQIDA MA’LUMOT.
№ | Buyurtmachi tashkilot nomi | Ishlab chiqarish yoki hizmat ko’rsatish yo’nalishi (maxsulot nomi, ixtisoslashuvi va x.k.) | Muammoning echimidan kutilayotgan natija | Innovatsion guruh Ilmiy rahbari | Bajarish muddati |
1. | “GOLD RAY PHARMACEUTICALS” MCHJ | Mahalliylashtirilgan Valgus Pro oyoq biriktirgichlarini dermoto-toksiklik xususiyatlarini o‘rganish | Ishlab chiqilgan innovatsion mahsulot mahhaliylashtirish dasturi orqali valyutani tejash, hamda yassioyoqlik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga arzon, zarasiz biriktirgichlarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Ilmiy ish natijasida ilmiy maqola tayyorlash va patent olish | F.S. Jalilov | 2018-2019 y |
Fan dasturlari
- Mutaxassislikka kirish(MSMSM)
- Dori vositalarini ishlab chiqarish validasiyasi
- Dori vositalarni sifatini ta’minlash
- GXP asoslari
- Biotexnologik preparatlarning instrumental taxlil usullari
- Dori vositalarini zamonaviy taxlil usullari
- Dori vositalarining sifatini nazorat qilish
- Instrumental taxlil usullari metro
- Instrumental taxlil usullari farmatsiya
- Sertifikatsiya va standartizatsiya
Namunaviy oraliq va yakuniy nazorat savollari