Devonxona

Azimova Nilufar Baxodirovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni (9:00-17:00)

Tel.:

+998712563738

E-pochta:

Veb-sayt:

Ma’lumki, yurtimiz mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng har bir jabhada o‘zgarish, yangilanish, taraqqiyot bo‘lgani singari, davlat idoralari, muassasalar umuman tashkilotlarda olib borilayotgan hujjatlarning yuritilishida ham sezilarli o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Rasmiy hujjatlarning yuritilishida institut Devonxonasining faoliyati muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, institutga taqdim etilayotgan hujjatlarning yuritilishi, joriy etilishi, rasmiylashtirishi hamda ijro etilishi va boshqa bir qator vazifalar ushbu bo‘lim bilan bog‘liq.

Institut devonxonasiga 2001 yil iyun oyidan 2018 yil sentyabr oyigacha Qayumova Dilorom Bahodirovna mudirlik qilib kelgan.

2018 yil sentyabr oyidan buyon Azimova Nilufar Baxodirovna mudirlik qilib kelmoqda.

Devonxona mustaqil tuzilmaga ega, institut Nizomiga asosan ishlaydi va rektorga bo‘ysunadi. Uning asosiy vazifasi institutdagi ish yuritish xizmatini yagona davlat ish yuritish sistemasi qonuniga muvofiq tashkil etishdan iborat.

Belgilangan vazifani amalga oshirish uchun uning zimmasiga quyidagi yumushlar yuklangan:

  • kelgan hujjatlar, xat-xabarlarni qabul qilish, ishlov berish, qayd etish va ularni rektor yoki rektor vazifasini bajaruvchi shaxsga ko‘rish uchun berish. Mazkur hujjat, xabarlar yuzasidan rektor qarori kerak bo‘lmagan holda tuzilma bo‘linmalariga toshpirish;
  • rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqilgan va kelgan hamda jo‘natiladigan hujjatlarni hisobga olish va tuzilma bo‘linmalariga tarqatish;
  • jo‘nalma xat-xabarlarni jo‘natishni amalga oshirish, tuzilma bo‘linmalariga yetkazishni ta’minlash;
  • farmoyish hujjatlarini rasmiylashtirish, jo‘natish, olinma hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish;
  •  ish yuritishni olib borish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va apparat kamchiliklarini shu ko‘rsatma bilan tanishtirishni amalga oshirish;
  • muassasa uchun jamlanma ishlar ro‘yxatini tuzish, uni tasdiklash uchun rahbariyatga berish, tuzilma bo‘linmalarida ishlar ro‘yxatining to‘g‘ri tuzilishi ustidan nazorat qilish;
  • ish yuritishda tugatilgan hujjatlarni qabul qilish, qayd etish, saqlash va foydalanish;
  • institutning barcha tuzilma bo‘linmalariga xizmat hujjatlarini qaytadan nashr qilish va ko‘paytirish ishlarini bajarish;
  • institut hujjatlarini arxivga topshirishga tayyorlash, bu ishda tuzilma bo‘linmalariga hujjatlarni rasmiylashtirish borasida uslubiy yordam ko‘rsatish va boshqalar.

25.12.2018, 10:29   3107