Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Ashurova Nigora Xayitovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni (8:30-16:00)

Tel.:

Veb-sayt:

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Bugungi kunda ma’naviyat ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan  biri hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ma’naviyatning o‘zagini tashkil etuvchi axloq, nafosat, ruhiyat, g‘oya, mafkura, madaniyat va ma’rifat kabi sohalar qadim zamonlardan beri o‘qib, o‘rganilib, tadqiq qilingan bo‘lsa-da, lekin bu keng miqyosli tushunchani alohida va maxsus o‘quv fanlar tizimiga aylantirish zaruratini ko‘pchilik to‘g‘ri tasavvur qila olmas edi.

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160 qarori e’lon qilinib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish,  sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirishga asos bo‘la oldi. Ma’lumki, barcha jabhalarda yoshlar ma’naviy salohiyatini yanada shakllantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mazkur sohaning rivojlanishi borasida ta’lim muassasalalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar, mas’ul rahbar xodimlarning lavozimlarining joriy etilishi ham so‘zimiz isbotidir.

Toshkent farmasevtika institutida 1996 yil dekabr oyida  “Ma’naviyat va ma’rifat”  jamoatchilik markazi tashkil etilgan.  Professor I.K.Azizov institutning ma’naviyat va ma’rifat ishlari  bo‘yicha birinchi prorektor etib tayinlandi. Shundan so‘ng mazkur vazifada dotsent  O‘.A.Ahmedov (1997-1999 yillar), professor X.M.Komilov (1999 yil) faoliyat ko‘rsatdilar. Shu davr mobaynida institut professor-o‘qituvchilari talabalar o‘rtasida bir qator ibratli ishlarni amalga oshirdilar.

1999 yilning 29 dekabridan 2009 yilga qadar institutda ma’rifat – ma’naviyat ishlari bo‘yicha 1-prorektor lavozimida dotsent N.K.Olimov faoliyat ko‘rsatdi. 2009-2010 yillar davomida bu vazifani sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani dotsent A.A.Nurmuxamedov, 2010-2014 yillar davomida dotsent  K.A.Cho‘lponov bajardi. 2014 – 2018 yillar davomida  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimini O.I.Xudoyberdiev hamda 2019 yildan to hozirgi kunga qadar o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev bajarib kelmoqda. Institutda ma’naviyat markazi faoliyat yuritib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot tadbirlari, turli badiiy kechalar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelmoqda. Hozirgi kunda mazkur bo‘limda N.X.Ashurova – bo‘lim boshlig‘i, F.Z.Mannopova, N.Kamalova – uslubchi, N.L.Usmonova – matbuot kotibi, N.Yusupova – tarbiyachi-pedagog va N.S.Salimsakova “Murabbiylar” kengashi raisi lavozimlarida faoliyat yuritmokda. Bo‘lim o‘z faoliyati davomida institut “Murabbiylar” kengashi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. “Murabbiylar” kengashi raisi ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.S.Salimsakova, sanoat farmatsiyasi fakulteti murabbiylar kengashiga katta o‘qituvchi Sh.Matyusupova, farmatsiya fakulteti kengashiga katta o‘qituvchi T.Mirraximovalar boshchilik qilmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tarkibida institut  muzeyi faoliyat ko‘rsatadi. Muzeyga 2006 yildan Sh.Burnaev rahbarlik  qilib kelmoqda.

Ma’naviy – ma’rifiy ishlar  Respublikamiz  Prezidentining Qarori va farmoyishlari  hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlarini  hayotga tadbiq etib borish bilan tashkil etiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda hamkor tashkilotlardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi va boshqa tashkilotlar.

Yoshlarni mustaqil fikrlovchi, dunyoqarashi teran bo‘lishi, ular ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi BT va Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Murabbiylar” kengashi bilan muntazam ravishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tasdiqlangan rejalar asosida tashkil etiladi, ularda belgilangan vazifalar va yo‘nalishlardan kelib chiqib, yosh avlodning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, talabalarning kasb mahorati hamda ma’naviy o‘sishini moddiy va axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijasida professor-o‘qituvchilar, talabalarning huquqiy, siyosiy, ekologik madaniyatlari oshishiga erishilmoqda. Institutda bo‘lim va “Murabbiylar” kengashi tomonidan har oyda “Ma’naviyat kuni”lari tadbirlari tashkil etiladi. Talabalar murabbiylari boshchiligida shahrimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy maskanlari, mustaqillik yillarida barpo etilgan maskanlariga, muzeylarga tashrif uyushtiradilar. Shuningdek, talabalar o‘rtasida hayriya tadbirlari, “QVZ”, teatr studiyasi tomonidan turli mavzularda sahnaviy ko‘rinishlar hamda ko‘rik-tanlovlar joriy etiladi. Mazkur o‘quv yilida 3 nafar talabalarimiz OTMlari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar va maqolalar ko‘rik-tanlovida 1-, va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, talabalarning huquqiy savodxonligini shakllantirish maqsadida Toshkent shahar IIB, Mirobod tumani IIB, Mirobod tumani prokuraturasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Talabalar o‘rtasida hayr-saxovat, bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlilik  singari tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Mirobod tumanidagi institut rahbariyatiga biriktirilgan “Tong yulduzi”, “O‘zbekiston”, “Temiryo‘lchilar” mahallalarida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron aholi hamda Toshkent shahrida joylashgan “Mehribonlik uyi”da yashovchi o‘quvchilarning xolidan xabar olish maqsadida “sen yolg‘iz emassan!”, “Hayr-saxovat tuyg‘ularining bardavomiyligi”, “Saxovat, bag‘rikenglik tushunchalari o‘zbek xaliqiga xos fazilatdir” kabi shiorlar doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu kabi tadbirlar talabalar o‘rtasida shukuronalik, bag‘rikenglik singari tuyg‘ularining shakllanishiga erishildi.

foto F.I.O Ashurova Nigora Xayitovna

Lavozimi: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lmi boshlig‘i

Tel.: (0 371) 256-39-31

E.mail: ma’naviyatfarmi@mail.ru

Ashurova Nigora Xayitovna 1981-yil, 8-avgustda Surхоndaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on  tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oily.

1997-2001 – yillarda  Termiz Davlat universiteti “O‘zbek  filologiyasi” fakultetida tahsil olgan.

2001-2003 – yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek  filologiyasi” fakulteti adabiyotshunoslik yo‘nalishida tahsil olgan.

2003-2018 – yillar davomida Toshkent farmatsevtika instituti “Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi” uslubchi lavozimida faoliyat olib borgan.

2018-yil sentyabr oyidan buyon Toshkent farmatsevtika instituti “Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi” boshlig‘i hamda 2018-yil, 11-oktyabrdan “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.

 

F.I.O Mannopova Feruza Ziyoviddinovna

Lavozimi: Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi uslubchisi

Tel.: (0 371) 256-39-31

E.mail: feruza.uz2@mail.ru

Mannopova Feruza Ziyoviddinovna 1989-yil, 30-oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oily.

2006-2010 – yillarda O‘zbek Davlat Jahon tillari universiteti  “Ingliz filologiyasi” fakultetini  tugatgan.

2010-2018 – yillarda “Dori-Darmon” AK ning “1002” ma’lumot tarmog‘ida menedjer-operator lavozimida faoliyat olib borgan.

2014-2018 – yillar davomida Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsiya” fakultetida tahsil olgan.

2018-yil sentyabr oyidan buyon Toshkent farmatsevtika instituti “Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi” uslubchi lavozimida hamda 2018-yil, 11-oktyabrdan “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” uslubchi lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.

 

foto F.I.O Usmanova Nodira Lutfullayevna

Lavozimi: Instituti matbuot kotibi

Qabul vaqti: har kuni (13:00-15:00)

Telefon: +998 71 256-39-31

E.mail: ps@phamri.mail.uz

Usmanova Nodira Lutfullaevna 1991-yil, 16-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oily.

2006-2010 – yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutini “Turk ingliz” filologiyasi fakultetini tugatgan.

2017- yilda Toshkent Davlat farmatsevtika institutining “Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi” uslubchisi lavozimida, 2018-yil sentyabr oyidan boshlab institut matbuot kotibi lavozimida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Azlarova Sayyora Abduhabibovna

Lavozimi:Toshkent farmatsevtika instituti psihologi

Telefon: (0 371) 256-39-31

E.mail: ps@pharmi.uz

Azlarova Sayyora Abduhabibovna 1986-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek.

2017-yilda Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Pedagogika-Psixologiya fakultetini “Psixologiya- psiholog consultant” yo’nalishini tugatgan.

2017-yildan boshlab Toshkent farmatsevtika instituti psihologi lavozimida o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Yusupova Nigora Erkinovna

Lavozimi: Institut pedagog tarbiyachi

Telefon: (0 371) 256-39-31

E.mail: ps@pharmi.uz

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tarkibida institut  muzeyi faoliyat ko‘rsatadi. Muzeyga 2006 yildan Sh.Burnaev rahbarlik  qilib kelmoqda. 2017 yil sentabr oyidan institutda psixolog lavozimi joriy etilib, uni S.Azlarova bajarib kelmoqda.

Ma’naviy – ma’rifiy ishlar  Respublikamiz  Prezidentining Qarori va farmoyishlari  hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlarini  hayotga tadbiq etib borish bilan tashkil etiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda hamkor tashkilotlardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi va boshqa tashkilotlar.

Yoshlarni mustaqil fikrlovchi, dunyoqarashi teran bo‘lishi, ular ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi BT va Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Murabbiylar” kengashi bilan muntazam ravishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’naviy ma’rifiy ishlar tasdiqlangan rejalar asosida tashkil etiladi, ularda belgilangan vazifalar va yo‘nalishlardan kelib chiqib, yosh avlodning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, talabalarning kasb mahorati hamda ma’naviy o‘sishini moddiy va axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Institutning ma’naviy-ma’rifiy  ish rejasiga binoan yoshlarning o‘zligini anglashi borasida ham qator tadbirlar jumladan: “Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai”, “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik”, “Milliy an’analarimizni o‘rganamiz”, “Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish – ulug‘ qadriyat”, “Oila – muqaddas maskan” kabi mavzularda ham tadbirlar o‘tkazilmoqda. Keyingi yillarda talabalarda diniy ekstremizm va terrorizmning xavfi haqida, unga qarshi kurashi choralari xususida ham keng qamrovli ishlar bajarilmoqda.

“Diniy ektremizm, terrorizm va uning oqibatlari”  mavzulari turkumiga kiruvchi plakatlar, uslubiy qo‘llanmalar, videoroliklar va videotasmalar bilan yetarli miqdorda ta’minlanayotganligi shu borada amalga  oshirilayotgan keng qamrovli ishlardan bir ko‘rinishdir.

Institutda Toshkent Islom Universiteti, O‘zbekiston  Musulmonlari diniy  idorasi va  Toshkent shahrida joylashgan diniy tashkilotlar bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tajribali mutaxassislari har oyda bir marotaba tashrif buyurib, talabalarga islom dini ezgulik, tinchlik, birodarlik, mehr-muruvvat va xayru saxovat dini ekanligi, unda  qon to‘kish,  odamlar o‘rtasida nifoq  va ziddiyat solish, buzg‘unchilik amallari bilan shug‘ullanishning keskin qoralanganligini Qur’oni Karim oyatlari va hadislar misolida tushuntirib bermoqdalar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev faoliyati davomida institut va talabalar turar joyidagi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalarini va “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi xonalarini qayta ta’mirlanib, zamonaviy texnika vositalari bilan  jihozlanishida jonbozlik ko‘rsatdi.Institut hududida  zamonaviy “Sport maydoni”ning tashkil etildi.  Talabalar o‘rtasida sport musobaqalarining o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratib, sport zallariga zamonaviy  sport anjomlari olib kelindi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev tashabbusi bilan institut hududi va talabalar turar joyida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, zamonaviy landshaft dizayni asosida igna bargli, manzarali daraxtlar va gullar bilan bezatildi, hududda va binoda tozalikka qat’iy rioya etilishiga erishildi. Institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijasida professor-o‘qituvchilar, talabalarning huquqiy, siyosiy, ekologik madaniyatlari oshishiga erishilmoqda. Institutda bo‘lim va “Murabbiylar” kengashi tomonidan har oyda “Ma’naviyat kuni”lari tadbirlari tashkil etiladi.Talabalar murabbiylari boshchiligida shahrimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy maskanlari, mustaqillik yillarida barpo etilgan maskanlariga, muzeylarga tashrif uyushtiradilar.

11.12.2019, 10:40   5761