Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi

Po'latov Tirkash Sotiboldiyevich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tel.:

(0 371) 256-08-18, (91) 191-67-00

Veb-sayt:

Toshkent farmasevtika instituti marketing xizmati bo’limi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.

Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 48-son qaroriga asosan institutda “Marketing xizmati” bo’limi tashkil etildi. Mazkur bo’lim tashkil etilgandan buyon institutda kadrlar tayyorlash borasida keng ko’lamli marketing tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Marketing xizmati bo’limi maqsadi: ta’lim xizmatlari bozorida institut faoliyat ko’rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo’lg’usi mutaxassis shaxsiga qo’yilgan talablarni bajarishga yo’naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg’a siljitish rag’batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko’rsatishga o’z vaqtida tayyorgarlik ko’rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Institutda kadrlar ist’emolchilarini fikr-mulohazalari asosida yuqori malakali zamon talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish maqsadida bo’lim tomonidan korxona va tashkilotlarning iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan joriy va istiqboldagi talablari va ehtiyojlari doimiy ravishda o’rganilib borilmoqda. Ushbu jarayonda tarmoq va sohalarni rivojlantirish dasturlarini hisobga olib, bakalavr va magistr kadrlarga bo’lgan parametrlarni ishlab chiqadigan viloyat hokimliklari bilan ham uzviy hamkorlik amalga oshirilmoqda. Vazirliklar, qo’mitalar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, shuningdek, viloyatlarni iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan talabini o’rganish asosida institutda mavjud va yangi ochilishi rejalashtirilayotgan yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlanayotgan kadrlarga “istiqbolli buyurtmalar portfeli” shakllantirilgan.

Bo’limning bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ishga joylashtirish borasidagi faoliyati.

Bugungi kunda institut O’rta Osiyo va respublikamizning farmasevtika sohasida yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institut ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasi yuqori bo’lganligi, institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tadbirlar institutda malakali, zamonaviy va bugungi kun talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlanishiga zamin yaratmoqda. Shuning uchun institutda tayyorlanayotgan kadrlarga korxona va tashkilotlar tomonidan ko’plab buyurtmalar berilib, bitiruvchilarga ish joylarini topishda qiyinchilik tug’ilmaydi.

Lekin shunga qaramay institut tomonidan bugungi kunda mehnat bozori talab qilgan yuqori malakali farmasevt kadrlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish va ular salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, kadrlar asosiy buyurtmachilari bilan mustahkam aloqalar o’rnatish, o’z kadrlarimizni ishga joylashtirish va ular mehnat faoliyatini kuzatishga alohida e’tibor qaratilgandir.

     

Marketing xizmati bo’limi fakultetlar, kadrlar tayyorlovchi kafedralar bilan birgalikda institut bitiruvchilarini ishga samarali taqsimlash va joylashtirish maqsadida har yili kadrlar istemolchilari bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institutda bitiruvchilarni ishga taqsimlash komissiyasi kadrlar asosiy buyurtmachilari vakillari ishtirokida tashkil etilgan, bitiruvchi kurs talabalari uchun ish beruvchi korxona va tashkilotlarning taqdimotlari o’tkazilmoqda. Shuningdek, ish beruvchi korxona va tashkilotlarga bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumotni olishda qulaylik yaratish maqsadida bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumot institut VEB-saytiga ham joylashtirilgan.

Qator asosiy buyurtmachilar bilan, jumladan, Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi, Dori-darmon AK va viloyat filiallari bilan institut o’rtasida tegishli hamkorlik shartnomalari rasmiylashtirilgan. Qator asosiy buyurtmachilar bilan, jumladan, Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi, Dori-darmon AK va viloyat filiallari bilan institut o’rtasida tegishli hamkorlik shartnomalari rasmiylashtirilgan.

Institutning ish beruvchi: korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda yuqorida qayd etilgan va boshqa amalga oshirayotgan chora-tadbirlari natijasida so’nggi yillar davomida bitiruvchilarning ishga joylashish ko’rsatkichlari yuqori bo’layotganligini qayd etishimiz mumkin.

Bugungi kunda institut bitiruvchilari farmasevtika sohasining turli tarmoqlarida o’z mehnat faoliyatlarini olib bormoqda desak adashmaymiz. Sababi institut bitiruvchilari o’z kasblarida mehnat qilib, Respublikamiz ravnaqi uchun munosib hissalarini qo’shib kelmoqda.

Bo’limda to’lov-kontrakt to’lovlarini tashkil etilishi.

Ta’lim tizimini demokratik va bozor islohotlariga muvofiqligini ta’minlash, ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 48-son qaroriga asosan 1998-yildan boshlab o’qishning davlat grantlari bilan birga to’lov-kontrakt shakli ham oliy ta’lim muassasalariga joriy etildi. Shunga mos ravishda institutda ham to’lov-kontrakt asosida o’qitish shakli hamda ushbu munosabatlarni nazorat qilish maqsadida marketing xizmati bo’limi tashkil etildi.

Mazkur vaqtdan buyon institutda to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarni shartnoma shartida belgilangan majburiyatlarni to’liq ta’minlash, xususan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-fevralda 2431-son bilan ro’yxatga olingan “Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risida”gi nizomda belgilangan shartlarga mos holda to’lovni amalga oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Institut tomonidan to’lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalar o’rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari, jumladan, kelib tushgan to’lov-kontrakt mablag’lari talabalarning o’qish xarajatlari, jumladan, ularning stipendiya summalari va proffesor-o’qituvchilar oylik maoshlari, institut moddiy-texnik bazasini tutib turish harajatlari, kommunal xizmatlar, elektroenergiya va boshqa to’lov haqlari uchun sarflanayotganligi borasida keng qamrovli tushuntirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

19.02.2019, 10:01   5431