Mening innovatsion g’oyam

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 29-sentyabrdagi 822-sonli buyrug’ini ta’minlash va Institutning 2018-yil 6-oktabrdagi 763-sonli buyrug’i asosida Toshkent farmatsevtika institutida talaba va yosh olimlarning ilmiy faoliyatga yo’naltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirishish bo’yicha chora tadbirlar dasturi bandlarini ijrosini shakllantirish maqsadida “Mening innovatsion g’oyam” sahifasi tashkil etildi. Ushbu sahifada institut talaba va yosh olimlarning innovatsion g’oyalari yuzasidan ma’lumotlar keltirib boriladi.

 

Talaba va yosh olimlar Innovatsion g’oya nomi va mazmuni Innovatsion raxbar
1. Zokirov Abdurahim Bahtiyor o’g’li Mahalliy xom ashyolar asosida dorivor ketgutlar ishlab chiqish va standartlash: Halol qo’ylarning ingichka ichagi asosida dorivor ketgut yaratish. Vaxidova Nargiza Muxiddin qizi
2. Rajabova Dilnoza Xalimovna Mahalliy dorivor o’simliklardan asosiy ta’sir etuvchi moddasini ajratib olib u asosida yallig’lanishga qarshi surtma tayyorlar texnologiyasini ishlab chiqish: O’zbekiston Respublikasida mahalliy yetishtiriladigan shifobaxsh dorivor o’simlik tarkibidan biofaol moddasini ajratib olib u asosida surtma tayyorlash. Nazarova Zarifa Alimjanovna
3. Zakirova Ruxsona Yunusovna Antibovasin dori vositasi texnologiyasini ishlab chiqish: mahalliy xom ashyo asosida yara bitkazuvchi va yallig’lanishiga qarshi surtma va gel tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish. Aminov Sobirjon Nigmatovich
4. Zokirova Gulruh Raxmatillayevna Shizofreniya xastaligida qo’llaniladigan dori vositalarining terapevtik monitoringi:  Shizofreniya xastaligi bor bemorlar uchun qo’llaniladigan preparatlarning individual dozasini tanlash imkoniyatini yaratish uchun tahlil usullarini ishlab chiqish. Jalilov Fazliddin Sodiqovich
5. Nurxo’jayev Abrorxo’ja Baxtiyor o’g’li “Hallux Valgus” kasalliklariga tashxis qo’yish, uni davolash metokasini ishlab chiqish: Ayollarda uchraydi “Hallux Valgus” kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan Valgus pro biriktirgichlarini yaratish va biosamaradorligini o’rganish. Jalilov Fazliddin Sodiqovich
6. Abdullayev Umidjon Antibiotik qator dori moddalirini zamonaviy taxlil usullarini ishlab chiqish: Xozirgi kunda bir necha xil avlod antibiotiklar bo’lib ularni sifatini nazorat qilish, samaradorligini oshirish va standartlash maqsadida zamonaviy taxlil usulini ishlab chiqish. Xusainova Rayxona Ashrafovna
7. Ergashev Jasur WEJX-MASS spektrofotometrik usulda introlin dori moddasini miqdoriy taxlilini aniqlash: WEJX-MASS spektrofotometrik usulda sefolasporin qator antibiotiklardni chinligi, tozaligi va miqdorini aniqlash. Xusainova Rayxona Ashrafovna
Yunusxodjayeva Nodira Abduxamitovna

 

02.11.2018, 12:15 18456