Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professor–o‘qituvchilari tashabbusi bilan institut talabalarini Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududidagi “Rekamed farm” korxonasiga tashrifi uyushtirildi.
DVST kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sharipova S.T., Masharipova R.R., Elmurodov D.T. Farmatsiya yo‘nalishi 305 A, 305 B, 306 B gurux talabalari bilan “Rekamed farm” MCHJ ga tashrif uyushtirildi. Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan “Rekamed farm” MCHJ korxonasida in’eksion va infuzion eritmalar ishlab chiqariladi. Talabalar farmatsevtika sanoatida in’eksion va infuzion eritmalar ishlab chiqarilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Korxonada aholini yuqori samaradorlikka ega steril dori shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etishda Xitoyda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan. Tashrif jarayonida talabalar in’eksion dori turlari ishlab chiqarish texnologik jarayoni, tayyor mahsulot namunalari bilan tanishdilar. Talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.