Toshkent farmatsevtika institutiga Xitoy Fanlar akademiyasining Lanjou kimyoviy fizikasi instituti xodimlarning tashrifi
2019-yil 31-oktabr kuni organik va biologik kimyo kafedrasi tashabusi bilan Toshkent farmatsevtika institutiga Xitoy Fanlar akademiyasining Lanjou kimyoviy fizikasi instituti o’simlik kimyosi laboratoriyasining xodimlari – PhD, professor Jun-Li Yang, assistent Xiaobo Zhao tashrif buyurdilar. Institut kichik faollar zalida ilmiy ishlar bo’yicha prorektor N.Normahamatov boshchiligida hamda organik va biologik kimyo, farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, farmakologiya, tibbiy va biologik fanlar kafedralari professor-o’qituvchilar ishtirokida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv davomida professor Jun-Li Yangning “Tabiiy mahsulotlardan yangi dorilar”, assistent Xiaobo Zhaonuing “Maqsadli etkazib berish va tabiiy bioaktiv birikmalarni real vaqtda kuzatish” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruza so’ngida institut professor-o’qituvchilari o’zlarining qiziqqan savollarini berdilar va mexmonlar bilan samimiy fikr almashinuvi bo’lib o’tdi.
Organik va biologik kimyo kafedrasi