Dori turlari texnologiyasi kafedrasida “Texnolog” va “Kosmetolog” to‘garaklari faoliyat yuritmoqda

29.03.2019, 16:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2377

2009 yil  18-sentyabrdagi 163-sonli buyrug‘iga binoan Dori turlari texnologiyasi kafedrasida “Texnolog”  va “Kosmetolog” to‘garaklari tashkil etilgan.

Dori turlari texnologiyasi kafedrasining iqtidorli talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu dastur ularning “Farmatsevtik texnologiya” fanining laboratoriya mashg‘ulotlari va ma’ruzalaridan olgan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga asos bo‘ladi.

Tashkil etilgan “Texnolog” va “Kosmetolog”  to‘garaklarida farmatsiya fakultetida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etadilar. To‘garaklarda dori preparatlari va kosmetik vositalarning tarixi, ta’rifi, tasnifi, ularning tayyorlash texnologiyasini asosiy  prinsiplari, qo‘llaniladigan yordamchi moddalar va ularning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.

Ushbu  “Texnolog” to‘garagida prof. Z.A. Nazarova, dots. G.M. Tureeva, dots. N.S.Fayzullaeva, “Kosmetolog” to‘garagida kafedra mudiri, prof. Y.S.Karieva, dots. N.M. Rizaeva,  v/b dots. I.Sh.Sharipovalar rahbarlik qiladilar.

     

     

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi