Tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar monitoringi o‘tkazildi.

05.02.2019, 15:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2395

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 martdagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bandlari ijrosini taminlash maqsadida institut 1,2,3 kurs tayanch doktorantlari, doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari monitoringi o‘tkazildi.

Monitoring ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov va ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonova tomonidan o‘tkazildi.

Xar bir tayanch doktorant, doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

     

     

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i

M.T.Mullajonova