Xorijda ta’lim olish uchun stipendiyalar

08.04.2019, 16:00 Yangiliklar 2067

Indoneziya hukumati “Rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlik dasturi” (Kemitraan Negara Berkembang (KNB) loyihasi doirasida mamlakatda ta’lim olish uchun stipendiya dasturini e’lon qilgan.

KNB stipendiyasi orqali Indoneziyaning 16 ta yetakchi universitetida quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olish mumkin:

  •  gumanitar soha;
  •  muhandislik;
  •  ta’lim va fan;
  •  ijimoiy fanlar.

Stipendiya xalqaro aviachiptalar (borish va kelish uchun), yashash uchun  nafaqa va tibbiy sug‘urtani o‘z ichiga oladi.

Tanlovda talabalar, doktorantlar, o‘qituvchilar hamda OTM xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Onlayn ariza topshirishning so‘ngi muddati: 2019 yil 12 aprel knb.

Edu.uz

 Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova