Toshkent farmatsevtika instituti talabalari “Sansun-Tashkent Farm Ltd” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasiga tanishuv amaliyotida.

14.04.2018, 18:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3013

Talabalarning o‘quv-tanishuv amaliyoti to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq talabalar amaliyoti OTMlarning korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, firmalar, qo‘shma korxonalar  va hokazolar bilan tuzgan shartnomalari asosida  tashkil qilinadi. OTM da talabalarning o‘rgangan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash imkoniyatining borligi  nazariy bilimlarini har tomonlama amaliyotda sinab ko‘rish imkonini ham bermoqda.

     

     

Toshkent farmatsevtika institutida ham DVST kafedrasidagi maxsus fanlar chuqur o‘rgatilib, birinchi bosqichdan o‘quv-tanishuv amaliyoti o‘tiladi va ushbu amaliyotda o‘rgangan bilimlarini amalda qo‘llash uchun o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha turli farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalariga tanishuv amaliyotiga olib boriladi.

     

13.04.2018 yilda Toshkent farmatsevtika institutining 1-kurs sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 3, 4 va 9-guruh talabalari Toshkent shahri Olmazor tumanidagi shifokorlar ko‘chasi 42-uyda joylashgan “Sansun-Tashkent Farm Ltd” (“Sansun-Toshkent Farm”)  O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasiga tanishuv amaliyotini o‘tagani bordilar. U yerda talabalarga DVST kafedrasi tomonidan biriktirilgan rahbar amaliyot o‘tkazish tartibi, xavfsizlik texnikasi haqida ko‘rsatmalar berdi. Talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlari nazorat qilindi. O‘quv–tanishuv amaliyoti institutning amaliyot nizomi asosida tayyorlangan dasturi va amaliyot rejasiga muvofiq olib borildi. Talabalar tanishuv amaliyotida olgan bilimlarini amaliyot kundaligini to‘ldirish davomida rasmiylashtirib hisobot to‘ldiradilar. Talabalar in’eksion dori turlari mavzusidagi ampulalarni yasashning  texnologik jarayonlari bilan tanishdilar.