Toshkent farmatsevtika instituti “Analitik kimyo” va “Toksikologik kimyo” kafedralari professor-o’qituvchilari tomonidan Yakkasaroy tumani 26-maktab o’qituvchilariga o’quv-uslubiy seminar tashkil etildi.

09.01.2021, 01:16 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 2015

Toshkent farmatsevtika instituti “Analitik kimyo” va “Toksikologik kimyo” kafedralari professor-o’qituvchilari tomonidan Yakkasaroy tumani 26-maktab o’qituvchilariga o’quv-uslubiy seminar tashkil etildi.

2021 yil 8-yanvar kuni Analitik kimyo va Toksikologik kimyo kafedralariga biriktirilgan Yakkasaroy tumani 26-maktab o’qituvchilariga o’quv-uslubiy seminar o’tkazildi. Seminarda “Analitik kimyo” va “Toksikologik kimyo” kafedralari professor-o’qituvchilardan dotsent B.I.Muxamedova, katta o’qituvchi J.U.Turakulov va assistentlar S.D.Berdiyev, X.A.Abdukarimova, “Fizika, matematika va AT” kafedrasi o`qituvchilari dotsent B.A.Abduraxmonov va katta o’qituvchi A.S.Baydullaev, Tillar kafedrasi o’qituvchisi Z.M. Xudayorevalar tomonidan maktab o’qituvchilari uchun mahorat darslari olib borildi.