Talabalar turar joyi ma’muruyati

Xudayberdiyeva Nilufar Erkindjanovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Talabalar turar joyi mudiri

Qabul vaqti:

Tel.:

+998712563645

Veb-sayt:

Toshkent farmasevtika instituti “Talabalar turar joyi”  1977 yili qurilgan bo‘lib,  4 qavatdan iborat.   “Talabalar turar joyi” ning umumiy maydoni 9984 kv.m. bo‘lib, shundan yashash maydoni 3922 kv. metrdir.

Hozirgi kunda TTJda 343 talaba,  shu jumladan  148 nafar qiz bola va 195 nafar qiz bola  yashaydi. Ular  uchun  zaruriy sharoitlar yaratilgan.

“Talabalar turar joyi” faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2006 yil 17 yanvardagi  11-sonli buyrug‘iga binoan, Toshkent farmasevtika institutining 2006 yil 25 yanvardagi 12-sonli buyrug‘i chiqarilib “Talabalar turar joyi”   to‘g‘risidagi  namunaviy  Nizomi  asosida  ish  yuritiladi.

Talabalar turar  joyida Xabibov Zoxid Xabibovich (Botanika kafedrasi mudiri, 1977-1980 yillar), Usubbaev  Maxamadjon  Usubbaevich (TDT kafedrasi mudiri, 1980-1987 yillar), Asabaev Chapay Asabaevich (Fiziologiya kafedrasi dotsenti, 1987-1989 yillar), Musaev Xasan Nosirovich (Fiziologiya kafedrasi dotsenti, 1989-1991 yillar), Komilov Adxam Maxamadovich (Farmatsiya kafedrasi mudiri, 1991-1993 yillar), Cho‘lponov Komiljon Aminovich(Analitik va anorganik kimyo kafedrasi dotsenti, 1993-2006 yillar), Rustamov Ibroxim (Mikrobiologiya va ekologiya kafedrasi dotsenti, 2006-2009 yillar), Usubaev Anvar Maxamadjonovich (Dori vositalari sanoati kafedrasi dotsenti, 2009-2010 yillar), Axmedov O‘zar Axmedovich (Botanika kafedrasi mudiri, 2010-2013 yillar),  Ilxomov Hisomiddin Shotursunovich(Fizika, matematika va AT kafedrasi dotsenti, 2013-2015 yillar) va Rajabov Alisher   (Fiziologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2015-2017 yillar) turli yillarda TTJ bo‘yicha mutasaddi lavozimida ishlab, “Talabalar turar joyi”da yashovchi talabalar o‘rtasida muntazam ravishda odob-ahloq qoidalariga amal qilish,  tartib intizomga rioya etish, ozodalik  va tozalikni saqlash hamda o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, talabalar turar joyidan to‘g‘ri va oqilona  foydalanishni  shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, talabalar turar joyiga begona shaxslarning kirib-chiqishi ustidan nazoratni o‘rnatish, shuningdek  talabalarni darsdan so‘ng vaqtlarini mazmunli  o‘tkazishlari uchun turli to‘garaklar tashkil qilish, ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib va turli sport  musobaqalar tashkil qilganlar.

TTJda yashovchi talabalar tomonidan saylanadigan, 25 nafar talabalardan iborat Talabalar birlashgan Kengashi  o‘z faoliyatini olib boradi.  Kengash a’zolariga zaruriy vazifalar yuklatilgan bo‘lib, hozirgi kunda samarali ish yuritishmoqda. Talabalar birlashgan Kengashiga yordamchi tarzda TTJda yashovchi yuqori kurs talabalariga  ma’lum bir xonalar biriktirilgan. Talabalar Kengashi rahbariyat tomonidan tasdiqlangan  TTJda o‘tkaziladigan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar yillik ish rejasi asosida ish yuritadi.

Talabalar Kengashi talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy tadbirlar, Davlat arboblari, olimlar, yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish,  institut hududini obodonlashtirish ishlarida, o‘quv uslubiy ishlarda (til o‘rgatish to‘garaklari) va sport mashg‘ulotlarida faol qatnashmoqda.  TTJda joylashgan ma’naviyat xonalari, kutubxona va sport zali muntazam ishlab turibdi. Hozirgi kunda talabalar rahbarligida ingliz tili, rus tili,  moxir qo‘llar to‘garaklari  va zakovat klubi  ishlab kelmoqda. TTJ sport zalida va  sport maydonchalarida talabalar sportning kurash, gimnastika, voleybol va futbol  bilan shug‘ullanib, o‘zlarining sog‘liqlarini mustaxkamlab, bo‘sh vaqtlarini ma’zmunli o‘tkazishmoqda.

Talabalar turar joyida Institut rektori tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvali asosida institutimizning professor-o‘qituvchilari soat 1800-800 gacha TTJda navbatchilik o‘tkazib, talabalarni tinchligini ta’minlab, dam olish vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil qilgan holda talabalar bilan turli ma’naviy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqda.

Institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori va O‘quv ishlar bo‘yicha prorektorlari tomonidan tasdiqlangan va fakultet dekanlari bilan kelishilgan holda talabalar turar joyi atrofini ozodaligini, turar joyida tozalik va tartib-intizomni saqlash  maqsadida  talabalar  navbatchiligi tashkil qilingan.

Institut rahbariyati tomonidan institut kafedralariga  ma’lum tartibda xonalar biriktirilgan. Kafedralarning professor – o‘qituvchilari fakultet dekanlari  tomonidan tasdiqlangan “TTJda o‘tkaziladigan  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yillik rejasi” asosida o‘zlariga biriktirilgan xonalarda yashovchi talabalar bilan muntazam ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar o‘tkazib kelishmoqda, ularni yashash sharoitlarini o‘rganib, tegishli  yordamlarini berishadi.

Institut professor-o‘qituvchilari o‘zlari rahbarlik qilayotgan guruh talabalarini yashash sharoitlaridan tez-tez habar olib, ular bilan tegishli mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Hozirgi kunda Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiev TTJni  ma’naviy va ijtimoiy xayotiga o‘zlarining ko‘rsatma va maslahatlari bilan doimiy ravishda rahbarlik qiladi. Shuningdek, institutning Xotin-qizlar qo‘mitasi, yoshlar ittifoqi, ma’naviyat bo‘limi va fakultet dekanatlari  TTJni doimiy ravishda o‘rganib, tegishli yordamlarini berib kelishmoqda va TTJni ma’naviy muhitini yaxshilashda o‘zlarining katta  xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

 

 

 

05.12.2019, 13:52   3191