Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi haqida ma’lumot

Nuridullayeva Kamola Negmatilloyevna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari nomzodi, f.f.n (PhD)

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

09:00 - 15:00

Tel.:

(0 371) 256-39-54

E-pochta:

Veb-sayt:

Ilmiy-innovatsion  ishlanmalarni  tijoratlashtirish  bo‘yicha  bo‘linma O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  7-maydagi  “Iktisodiyot tarmoqlari  va  sohalariga  innovatsiyalarni  joriy  etish  mexanizmlarini takomillashtirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ-3698  karori hamda  Toshkent  farmatsevtika  instituti  Rektorining  2018-yil  9-iyuldagi  “Oliy ta’lim  muassasalariiiig  ilmiy-innovatsion  ishlanmalarni  tijoratlashtirish bo‘yicha  bo‘linma  nizomini  tasdiqlash”  xaqidagi  523-sonli  qaroriga  muvofiq tashkil  topgan.

Toshkent  farmatsevtika  instituti  Ilmiy-innovatsion  ishlanmalarni tijoratlashtirish  bo‘yicha  bo‘linma  mustaqil  tuzilmaga  ega  bo‘lib,  institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma o‘z ish faoliyatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyanomalari, O‘zbekiston Respublikasi  qonunlari,  xukumat  qarorlari  va  O‘zbekiston  Respublikasi Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Innovatsion  rivojlanish vazirligi, Toshkent  farmatsevtika instituti  buyruqlari va yo‘riqnomalari xamda ilmiy-innovatsion  ishlanmalarni  tijoratlashtirish bo‘yicha  bo‘linma  Nizomiga asoslanadi.

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma institutning innovatsion jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘lari asosida ish yuritadi.

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma asosiy vazifalari:

Toshkent  farmatsevtika  instituti  ilmiy  hodimlari  tomonidan ishlab  chiqilgan  dori  vositalarini  tibbiyot  amaliyotiga  tadbiq  etish  bo‘yicha Farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni jalb etish;

Farmatsevtik  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchilarga  institut  ilmiy xodimlarining  ishlanmalarini  mualliflik  xuquqlarini  e’tiborga  olgan  holda  ishlab chiqarishi amaliyotida qo‘llash uchun tadbiq etish sharoitlarini yaratish;

Respublika  va  xorijiy  mamlakat  ilmiy  tekshirish  institutlari  va institut  ilmiy  hodimlari  bilan  xamkorlikda  turli  tanlovlar,  dasturlar, grantlarda qatnashish;

Maxalliy  va  xorijiy  ilmiy  tekshirish  institutlari  va  markazlari ishlab  chiqaruvchilari  bilan  hamkorlik  va  xo‘jalik  shartnomalarini  tuzishni tashkil qilish;

Yangi  dori,  diagnostika  va  muhofazalash  vositalari,  tibbiyot buyumlari,  parafarmatsiya  mahsulotlarini  (bundan  keyin  dori  vositalari) shifobahsh ozuqa yaratish  va standartlash uchun  me’yoriy xujjatlarni tuzish, ishlab chiqaruvchi  korxona, tashkilot va muassasalar bilan  mulkchilikning qaysi  shakliga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar ilmiy izlanishlarini olib borish;

Farmatsevtika  tarmogini  rivojlantirish  agentligi  bilan  dori vositalarini standartlashdagi muammolarni yechishda xamkorlik qilish;

institutning  ilmiy  tadqiqotchilari  va  magistratura  rezidentlarining ilmiy faoliyatini tashkil etishda qatnashish;

ishlanmalarni  ishlab  chiqarishga  yunaltirish  va  ulardan  kelishuv  va shartnomalar asosida innovatsion jamg‘armaga mablag‘larni tushirish;

ho‘jalik  shartnomalari  va  turli  innovatsion, amaliy  grantlar  asosida  olib borilayotgan izlanishlarning monitoringini olib borish.

20.09.2019, 17:17   2144