Arxiv

Xudayberdiyeva Nilufar Erkindjanovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni (9:00-17:00)

Tel.:

+998712563645

Veb-sayt:

O‘zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti tashabbusi bilan 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonuni  mamlakatimizda arxiv fondini shaklantirish, hujjatlarni hisobga olish va ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilash hamda xalqimizning ijtimoiy, ilmiy, madaniy axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini  o‘z  vaqtida va sifatli  ta’minlashda  muhim omil  bo‘ldi.

Arxiv fondi ikki guruhdan – davlatga tegishli va davlatga tegishli bo‘lmagan qismlardan iborat bo‘lib, arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga doimiy saqlanishi zarur bo‘lgan, davlat mulki hisoblangan  arxiv  hujjatlari, nodavlat korxona, muassasa  hamda  tashkilotlar faoliyati natijasida yaratilgan doimiy saqlanishi lozim bo‘lgan arxiv hujjatlari  davlatga  tegishli  bo‘lmagan  qismlarga  kiritildi.  Nodavlat korxona, idora, muassasa va tashkilotlarning  asosiy  vazifasi, qisman oid doimiy saqlanishi zarur bo‘lgan davlatga tegishli bo‘lgan arxiv hujjatlarini, milliy arxiv fondi saqloviga topshirishdan  iborat. Milliy  arxiv fondi har yili fond tashkil etuvchi tashkilotlarning, jamlash manbalarining ro‘yxatini tuzib boradi. Bu ro‘yxatga davlat organlari,  jamoat  tashkilotlari,  korxona va muassasalar kiritiladi. Biroq barcha jamoat tashkilotlari,  korxona va  muassasalarning doimiy hujjatlarini davlat saqloviga olishning  imkoni  yo‘qligi bois  saqlash hujjatlarini jamlash manbalari ro‘yxatiga davlatga arxiviga tegishli bo‘lmagan qismiga  kiritilishi  mumkin bo‘lganlarini  ajratib olib, doimiy yoki vaqtincha  arxiv hujjatlarini alohida saqlash vazifasi korxona, idora, muassasa va tashkilotlar zimmasiga yuklatildi. Bu davlat tashkilotlari, korxona va muassasalar  zimmasiga, mamlakatimiz  hayotiga oid muhim ahamiyatga ega hujjatlarning saqlovini  ta’minlash  bo‘yicha  qator  mas’uliyatli  vazifalarni  yukladi.

Ijro intizomini  mustahkamlash, ish  yuritishni takomillashtirish, boshqaruvning barcha darajalardagi  rahbar va mutaxassislar javobgarligini oshirish, boshqaruv  hujjatlarni  tayyorlash  qoidalari,  usullari  va  jarayonlarini,  ular bilan ishlash tartibini  belgilash  borasidagi ishlarni amalga oshirish  maqsadida,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil  etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi  № 140-sonli  qarori asosida  institutda  hujjatlar bilan ishlash, institut  faoliyatida  vujudga  keladigan  doimiy  muddatga saqlanadigan hujjatlarni  tanlab olish, hisobga olish, ishlov berish sifatini olib borish,  foydalanishni  va ushbu hujjatlarni o‘z vaqtida belgilangan tartibda saqlash ishlari hamda  foydalanuvchining so‘rovi  asosida  arxiv  ma’lumotnomasini  taqdim  etish vazifasi tarkibiy  bo‘linma  rahbari  yoki  ushbu  vazifa  uchun  tayinlangan   maxsus  xodim   zimmasiga yani 1999 yildan  2003 yilga  qadar tajribali  Nina  Anatolevna  Kuchirina, 2003 yildan  2012 yilga  qadar tajribali  Shoxida Tolibova   zimmasiga  javobgarlik  asosida  yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidani Nizom talablari” hamda  qabul qilingan tegishli  qarorlar asosida davlat va nodavlat  arxiv faoliyatiga foydalanuvchining so‘rovi bilan bepul amalga oshiriladigan xizmatlar, arxiv hujjatlaridan foydalanish, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarni qog‘oz va  elektron  shaklda tegishli  organlar hamda  yuridik va jismoniy shaxslarga  taqdim  etishni ta’minlash, ish yuritish faoliyatida  vujudga  keladigan doimiy muddatga saqlanadigan hujjatlarning  tanlab  olinishini,  hisobga  olinishini,  saqlanishini,  ishlanish sifatini va doimiy va uzoq  vaqt (10 yildan ko‘proq) muddatga saqlanadigan  hujjatlarni  o‘z  vaqtida davlat saqloviga topshirilishini ta’minlash vazifalarini belgilangan muddatlarda  va  o‘rnatilgan  tartibda  amalga  oshirish borasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tegishli vazirlik va idoralar ruhsati hamda institut  rektori  buyrug‘i asosida  institutning  devonxona  negizida  Idoraviy  arxiv faoliyati va arxiv ish  faoliyatini olib borish uchun  arxiv  mudiri  hamda  arxivarius  shtat  birliklari  2012 yilda  tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida institutning doimiy  ekspert komissiyasi tashkil etilib, idoraviy  arxiv  Nizomi va  arxiv mudiri hamda arxivarius lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqildi va doimiy ekspert komissiyasi qarori  asosida maqullandi. Idoraviy  arxiv  Nizomi, Lavozim yo‘riqnomasi institut  rektori tomonidan tasdiqlanib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining Ekspert  tekshiruv  uslubiy  komissiyasi  tomonidan 2012 yilda kelishib berildi. 2012 yildan  2013  yilga  qadar idoraviy arxiv  arxiv  mudiri  lavozimida  Nilufar  Bakirova,  2013 yildan  2015 yilga  qadar idoraviy arxiv  arxiv  mudiri  lavozimida  Shaxlo  Dehqonova,  2015 yildan  bugungi  kunga  qadar  idoraviy arxiv  arxiv   mudiri  lavozimida   Nilufar   Xudayberdieva va  2016 yildan  idoraviy arxiv arxivariusi  lavozimida  Zilola Yusupovalar  arxiv  ish  faoliyatini  olib  borishmoqda.

Institutning idoraviy arxiv arxiv xodimlari,  arxiv  ishi va ish yuritish bo‘yicha qonun va  qonunosti  hujjatlari;

O‘zR Qonunlari;

  • -2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy  meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish  to‘g‘risida”gi  № 269-II-sonli  Qonuni;
  • – 2010 yil 15 iyundagi  “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi   № 252-sonli  Qonuni;

 O‘zR  Prezidenti Qarori;

  • 2008 yil 21 avgustdagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan  holda O‘zbekiston Respublikasi  markaziy davlat  arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik  modernizatsiyalash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi   № 949-sonli  qarori.

O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasin qarorlari;

  • 1999 yil 30 oktabrdagi “Arxiv ishi buyicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi  № 482-sonli  qarori;
  • 2004 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   № 49-sonli  qarori;
  • 2008 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida  arxiv  ishini yanada rivojlantirishga   doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  № 194-sonli  qarori;
  • 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi   №101-sonli   qarori;
  • 2014 yil 22 apreldagi “Arxiv asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy  normalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №100—sonli  “Idoraviy arxivlarda ish  yuritish, boshqaruv  va  xizmat  hujjatlarini  belgilangan tartibda  jamlash, ularning hisobini  yuritish, but saqlanishini ta’minlash, hujjatlarni  rasmiylashtirishga  oid bo‘lgan  talablar  asosida   ulardan  foydalanishni  tashkil  etish”ning  yagona  tartibi  asosida ish faoliyatlarini  olib borishmoqda.

Idoraviy  arxiv  institutning  tasdiqlangan  Ichki-tartib qoidalari va institut rektori bilan tuzilgan  Mehnat shartnomasi  asosida  dushanba  kunidan  juma  kuniga  qadar soat  08:30 dan  16:30ga  qadar,  shanba  kuni  soat  08:30 dan 14:30ga   qadar  ish faoliyatlarini  olib  boradi.

Idoraviy  arxiv   telefon  raqami  71-256-36-45

khudayberdieva.nilufar@gmail.com elektron  pochtasi

Asosiy vazifalari.

  1. Foydalanuvchining so‘rovi, talabnomada yuridik shaxsning nomi (fuqarolar uchun – familiyasi, ism va otasining ismi), pochta manzili va/yoki foydalanuvchining elektron pochta manzili, mavzu (masala) va so‘ralayotgan ma’lumotning xronologiyasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, arxiv mudiri  tomonidan  ko‘rib  chiqiladi  va bajariladi.
  2. Foydalanuvchining so‘roviga javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki so‘rov-murojaat yozilgan tilda beriladi.
  3. Mavzuli so‘rovlarni bajarish   bepul  tashkil etiladi
  4. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar arxiv mudiri tomonidan bajariladi.
  • ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovni arxivda bajarish muddati ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kun.
  • ushbu muddat, zarurat bo‘lganda, arxiv mudiri  tomonidan majburiy tarzda foydalanuvchiga  ma’lum qilgan holda uzaytirilishi mumkin.
  • arxivning ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo‘yicha so‘rovni bajarish muddati ro‘yxatga  olingan vaqtdan  boshlab 15 kun.
  1. Arxiv mudiri arxiv ma’lumotlarini, arxiv ko‘chirmalarini va arxiv nusxalarini rasmiylashtiradi.
  • -arxiv  ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi, arxiv nusxasi va so‘rovlarga javoblar oddiy  xat sifatida pochta orqali institut devonxona  tomonidan  yuboriladi.
  • -MDHga qatnashchi davlatlarga yuborilishi mo‘ljallangan arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi, arxiv nusxasi, so‘ralgan ma’lumotlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi javoblar bevosita ariza beruvchilarning  manzillariga  institut devonxona tomonidan   yuboriladi.
  1. Fuqaro yoki uning ishonchli vakili arxivga shaxsan murojaat qilganda arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko‘chirmasi va arxiv nusxasi fuqaroga uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatilgan  holda;  ishonchli  vakilga – belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilgan  ishonchnoma asosida beriladi.
  • аrxiv ma’lumotnomasini va arxiv  ko‘chirmasini oluvchi ularning  nusxalariga yoki ularga  qo‘shimcha xatlar orqasiga ularni olgan  sanasini  ko‘rsatgan holda  imzo qo‘ydiriladi.
  1. Arxiv ma’lumotnomasida ma’lumotlar arxiv hujjatlarida qanday keltirilgan bo‘lsa xuddi shunday yoziladi, mos kelmagan, aniq bo‘lmagan nomlar, ismi, familiyasi va otasining ismi ko‘rsatilmaganligi  yoki  ulardan  faqat birining  borligi ma’lumotnomadagi matnda qavsda  ko‘rsatiladi (“Hujjatda shunday”, “Matnning asl nusxasida shunday”).

Xizmat turlari.

  1. Arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risida axborot berish.
  2. Tadqiqotchilarga xizmat ko‘rsatish.
  3. Belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalar va ko‘chirmalar tayyorlab
  4. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi  ma’lumotnomalarni  belgilangan  tartib va muddatda  berish;

Arxiv hujjatlaridan  foydalanish  tartibi.

Institut rektori  ruhsati  asosida arxiv hujjatlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda  foydalanish  mumkin.

Ijtimoiy-huquqiy so‘rovlar.

  1. Ish haqi to‘g‘risida ma’lumot
  2. Mehnat staji to‘g‘risida ma’lumot
  3. Mukofotlanish to‘g‘risida ma’lumot
  4. Ta’lim olganlik to‘g‘risida.
  5. Ishlaganlik to‘g‘risida.

Quydagilarga amal qilish lozim. 

Shaxsni  tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelish.

Arxiv hujjatlari bilan foydalanish uchun beriladigan muddat. 

  1. Bo‘lim, kafedra, fakultetlarga-bir oygacha
  2. Sud- huquqni muhofaza qiluvchi organlariga va boshqa vakolatli organlarga – olti oygacha.
  3. Boshqa tashkilotlarga institut  rektori  ruhsati asosida berish  muddati –3  oy.

  

26.03.2019, 16:47   4213