O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti

Namozov Farruxjon Shuxratovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Boshlang'ich tashkilot yetakchisi

Qabul vaqti:

Har kuni (8:30-16:00)

Tel.:

+998913399878

Veb-sayt:

O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 30-iyun – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun va “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi – yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Toshkent farmatsevtika institutida tashabbuskor yoshlar istaklaridan kelib chiqib 11-sentabr 2017-yil ta’sis yig‘ilishi qaroriga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyat boshladi. Institut talabalariga yangi yoshlar tashkiloti nizomining maqsad va vazifalari yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar tushintirildi. Barcha akademik guruhlarda guruh etakchilari, 2018-yil 15-sentabr kuni farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetlarida fakultet etakchiligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Farmatsiya fakultetiga 4-bosqich talabasi O’ktamov Shoxjahon va sanoat farmatsiyasi fakultetiga 2-bosqich Berdiboyev Jahongir talabasi ko‘pchilik ovozi bilan fakultet yetakchisi etib saylandilar hamda fakultet kengashlari shakllantirildi. Institutda yoshlar yetakchiligi uchun saylovlar 2018-yil 22-sentabr kuni yuqori saviyada ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Saylovlar demokratik va ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 1-bosqich magistratura talabasi Namozov Farruxjon Shuxratovich yoshlar yetakchisi etib saylandi va yoshlar kengashi shakllantirildi. Boshlang‘ich tashkilotning yoshlar kengashida 13 nafar a’zo bo‘lib, iqtidorli va tashabbuskor, fidoiy talabala yoshlardan iborat. Yoshlar kengashi talaba yoshlarning takliflari va  tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash, muammolarini o‘rganib rahbariyatga taqdim etib hal etilishiga ko‘maklashmoqda. O‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda yoshlar tashkiloti faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan.Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning  bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, faolligini oshirish maqsadida ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Yoshlar tashkilotining obro‘si va nufuzi kundan kunga ortib bormoqda.

Tashkilot o‘z atrofida institut yoshlarini birlashtirish, ularni iqtidorlarini yuzaga chiqarish, daxldorlik hissi bilan yashash, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda. Yoshlar tashkiloti institut miqyosida turli tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, tuman, shahar hamda respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tadbirlarda ishtirok etib yoshlar faolligi uchun harakat qilmoqda.

 Jumladan, talaba yoshlar o‘rtasida:

  • “Zakovat” intellektual o‘yinlari
  • “Zukko kitobxon” ko‘rik tanlovi
  • “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi
  • “Iqtidorli talabalar” uyushmasi
  • “Yoshlar klubi”
  • “Rektor kubogi” uchun sport musobaqalari
  • “Chet tillari” to‘garaklari
  • “Pazandachilik, tikuvchilik” to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Talabalar barcha loyiha va tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda. Yoshlarning siyosiy huquqiy sohadagi bilimlarini oshirish borasidagi amaliy tadbirlar ham o‘z natijalarini bermoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo‘lishga intilmoqda.

12.10.2018, 16:12 57101