Misr Arab Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi 1-kotibi janob Xalid Moxamed Fekriyning  Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi

10.10.2019, 11:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2034

 Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu o‘rinda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda. Jumladan, 2019-yil 9-oktabr kuni Toshkent farmatsevtika institutiga Misr Arab Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi 1-kotibi janob Xalid Moxamed Fekriy janoblari tashrif buyurdi. Mexmonni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov qabul qildi. Muzokaralar jarayonida 1-kotib tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalardagi islohotlar o’z samarasini berayotgani ya’ni ta’lim,sog’liqni saqlash sohasidagi o’zgarishlarni yuqori baholadi. Misr Arab Respublikasidagi mavjud tibbiyot va farmatsevtika oliygohlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, sanoat-farmatsiyasini yanada rivojlantirish, talabalar almashinuvi, bo’yicha kelishib olindi.Galdagi vazifa etib ikki tomonlama memorandum imzolash va aloqalarni rivojlantirish belgilandi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova