Toshkent farmasevtika institutida talabalar va o‘quvchilarning  qishki ta’tili davrida institutga biriktirilgan Mirobod va Yakkasaroy tumanlari umumta’lim maktablarining o‘qituvchilarigao‘tkazilgan  o‘quv-uslubiy master-klasslar  haqida

14.01.2021, 11:30 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar 960

2021 yil  8-9 yanvar’ kunlari talabalar va o‘quvchilarning qishki ta’tili davrida institutga biriktirilgan Mirobod va Yakkasaroy tumanlari umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga fiziologiya odam anatomiyasi  asoslari  bilan,  botanika va kimyo fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy  master- klasslar o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-uslubiy  master- klasslar  o‘tkazishdan maqsad yurtimizda oliy  farmasevtik ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, respublika miqyosida oliy ta’lim muassasasining reytingini oshirish yo‘llarini belgilash, o‘quvchilarda innovasion va tadbirkorlikka yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirishdan iborat.

O‘quv-uslubiy  master-klasslar  o‘tkazish jarayoniga institutning salohiyatli va amaliyotchi mutaxassislari professor-o‘qituvchilari jalb etildi.

Jumladan,

Tibbiy va biologik   fanlar kafedrasi professori E.S.Bagdasarova, Tibbiy va biologik   fanlar kafedrasi dosenti  V.B.Rasulova, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori  X.R.To‘xtaev, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dosenti B.T.To‘raev, Farmakognoziya                                                                    kafedrasi dosenti A.Jabbarov,  Tibbiy va biologik  fanlar kafedrasi                                                                             katta o‘qituvchisi M.T.Karieva,  Organik va biologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Sh.Ko‘charova, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi assisenti                                                                                        N.M.Kasimova hamda institutga biriktirilgan umumta’lim maktablarini rahbar va o‘qituvchilari Zoom orqali qatnashib, ilm-fan va ta’limga oid dolzarb masalalarning yechimi, masofaviy ta’limning kamchiliklari va afzalliklari bo‘yicha qizg‘in davra  muzokaralari  olib borildi.

“Talabalarga va o‘quvchilarga fiziologiya fanidan dars o‘tish tartibi” to‘g‘risida,”Primenenie innovasionnix texnologii dlya modernizasii uchebnogo prosessa”, “O‘simlik tuqimalarni mavzusini o‘tishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish”, “Kimyoviy reaksiyalar tezligi”,”Oqsil haqida tushuncha”.”Oqsillarning tuzilishi, tarkibi va funksiyasi” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.