Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini talabalar o’rtasidagi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.

12.04.2018, 18:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2608

2018-yil 12-aprel kuni Toshkent farmatsevtika instituti axborot-resurs markazida O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” 27, 31-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida, ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda o‘ziga hos o‘rin egallagan  Respublika, mahalliy vaqtli nashrlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ARM  rahbari Holmurodova F.N., fizika-matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi, texnika fanlari nomzodi Xurramova R.I., ARM kutubxonachisi Abdullayeva D va 1-kurs sanoat farmatsiyasi 2/2-gurux talabalari qatnashdilar. Tadbirda ARM kutubxonachisi Abdullayeva D talabalarga ARM ga kelib tushadigan vaqtli nashrlar nomlari, talabalarga mos va o‘qishi kerak bo‘lgan maqolalar chop etiladigan gazetalar bilan tanishtirdi. Talabalarning inntelektual bilimlarini, dunyo qarashlarini kengaytirishda vaqtli nashrlarning o‘rni, oila a’zolariga ham tavsiya etish mumkin bo‘lgan vaqtli nashrlar haqida ma’lumotlar berdi. Tadbir jonli o‘tishini ta’minlash maqsadida ARM kutubxonachisi vaqtli nashrlarda chop etilgan qiziqarli maqolalardan o‘qib berdi. Ayniqsa “Oila va jamiyat” gazetasida chop etilgan “Kim kimga havas qilishi kerak” nomli maqola mavzusi talabalar e’tiborini tortdi. Fizika-matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Xurramova R.I. ham talabalarga vaqtli nashrlarni o‘qib borishlari,  hamda Amir Temur bobomiz haqida o‘zlari o‘qigan qiziqarli ma’lumotlari haqida gapirib berdilar. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.