“Internet tarmog‘ida yoshlar: muloqotning ijtimoiy tomonlari, muammolar, zamon renovatsiyalari” Respublika ilmiy-amaliy va ijodiy yoshlar konferensiyasi

07.03.2020, 11:13 E'lonlar, Institut yangiliklari 1458

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshkaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda 2020 yilning 11 aprel kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan IT maktabda “Internet tarmog‘ida yoshlar: muloqotning ijtimoiy tomonlari, muammolar, zamon renovatsiyalari” Respublika ilmiy-amaliy va ijodiy yoshlar konferensiyasini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Ushbu konferensiyada yosh olimlar (doktorant, ilmiy tadqiqotchi), magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari ham o‘z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya ishtirokchilarining maqolalari 2020 yilning 20 mart sanasiga qadar qabul qilinadi. Konferensiya yo‘nalishlari va ilmiy maqolaga qo‘yilgan talablar to‘g‘risidagi ma’lumot ilova qilinadi.

Batafsil ma’lumotlar

Axborot texnologiyalari markazi