Institut professor-o‘qituvchilari uchun talabalar qishki ta’tili davrida o‘quv-uslubiy seminarning 6-kuni bo’lib o’tdi

28.12.2019, 15:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1739

Institut professor-o‘qituvchilari uchun talabalar qishki ta’tili davrida o‘quv-uslubiy seminar, tadbirlar tashkil etilmoqda.

2019 yil  28 dekabr kuni institut katta faollar zalida rahbar xodimlar, barcha professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari ishtirokida seminarning 6-kuni o‘tkazildi. Seminarning ro‘yxatga olish qismi  soat 09:30 dan 10:00 ga qadar davom etdi.

Navbatdagi seminarda Tillar kafedrasi o’qituvchisi N.A.Axmedova «Xorijiy tillarni o’rganishda onlayn resurslardan foydalanish» mavzusida, Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi kata o’qituvchisi «Atom tuzilishi, kimyoning asosiy qonunlari. “Metallarning ekvivalentini aniqlash” laboratoriya mashg’ulotini olib borishda innovatsion pedagogic texnologiyalardan foydalanish» mavzularida ma’ruza qildilar.