Institut murabbiylar kengashi va psixologining hamkorligi doirasidagi amaliy mashg‘ulotlar.

21.04.2018, 14:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2389

2018-yil 19-aprel kuni Toshkent farmatsevtika instituti  1-o‘quv binosining 32-xonasida farmatsiya yo‘nalishi 1-kurs 6/1 va 6/2-gurux talabalari o‘rtasida “Kasbiy xususiyatlarini aniqlash”ga qaratilgan psixodiagnostik seminar trening  o‘tkazildi.

Tadbirda institut  psixologi S.A. Azlarova,  gurux murabbiysi R.SH.Zaripova va talabalar ishtirok etdi.

Mazkur seminar treningda talabalarning shaxs xususiyatlari, qadriyatlar orientatsiyalarini aniqlovchi proyektiv metodikalari o‘tkazildi. Shaxs kamolotida, hayotdan qonniqqanligi va baxt hissining shakllanishida kasbiy faoliyatning axamiyati, kasbiy sifatlarning rivojlanishida shaxs xususiyatlarining o‘rni xaqida obrazli o‘yinlar ko‘rishnishda tushuntirish berildi.

 

     

     

Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va berilgan savollarga  psixolog S.A.Azlarova javob berdi.