Insitut talabalari Samarqand shahriga ziyortaga bordilar.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 07.02.2018-yil № PQ-3514 «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq talabalarni yurtimiz tarixi bilan tanishtirish maqsadida Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 3-kurs 5-guruh talabalari va guruh murabbiysi SH.A.Mamasoliyeva boshchiligida Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida eng avvalo xadis ilmining sultoni sanalgan, buyuk vatandoshimiz Imom Al Buxoriy xazratlarining ziyoratgoxlarida bo‘lib, uning hayoti, ota-onalari xaqida hamda kelgusi avlodlarga qoldirgan o‘chmas ilmiy-ma’naviy meroslari xaqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
Undan so‘ng ajdodlarimiz barpo etgan muqaddas qadamjolarga “Shohi zinda”, “Mirzo Ulug‘bek Rasadxonasi”, “Go‘ri Amir”, “Registon” ansambli kabi ziyoratgohlarga borildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tug‘ilib o‘sgan xududni hamda qabrlarini ziyorat qilindi.
Samarqand shahrini ziyorat qilish talabalarga o‘zligimiz, tarixiy ildizlarimiz, buyuk o‘tmishni anglashga imkon berdi. Ziyorat taassurotlarni bizga kelgusi ishlarni amalga oshirishga kuch berib, ajdodlarimizga munosib voris bo‘lishga undaydi.