Hujjat topshirish uchun kerakli ma’lumotlar
Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
📲 Hujjat topshirish magistr.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi, OTMlarda qabul qilinmaydi!
HUJJAT TOPShIRISh UChUN KERAK BƠLADIGAN MA’LUMOTLAR:
- Pasport ma’lumotlari tơldiriladi. Bunda abiturient JShShIR raqamini hamda pasport seriyasi va raqamini kiritishi kifoya . Pasportning skaner yoki rasm varianti talab etilmaydi;
- Doimiy yashash manzili (tushunarli aytadigan bơlsak, propiska bơyicha) kiritiladi;
- Bakalavrda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari kiritiladi;
- Diplomning rasmi hamda baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti yuklanadi;
- Agar abiturient imtiyozlarga ega bơlsa, ya’ni chet tilini bilish sertifikati, olimpiadalar ğolibligi, Prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovchi hujjatlarni kiritadi;
- Hujjat topshirmoqchi bơlgan mutaxassisligini tanlaydi.