Farmakologiya fanidan “Antigelmint dori vositalari farmakologiyasi” mavzusida ochiq mashg’ulot o‘tkazildi
Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi dotsenti D.O. Raximova tomonidan “Antigelmint dori vositalari farmakologiyasi” mavzusida ochiq mashg’ulot tashkil etildi. Ochiq mashg’ulot yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’tkazildi. Мashg’ulot uchun tayyorlangan taqdimot multimedialar yordamida namoyish etildi. Yangi mavzuni boshlashdan avval o‘tilgan mavzu yuzasidan “Blits-so‘rov” o‘tkazildi.
Yangi mavzu bo‘yicha tayyorlangan tarqatma materiallar tinglovchilarga tarqatildi va taqdimot yordamida namoyish etildi.
Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova