13.02.2021, 12:10 E'lonlar, Yangiliklar 1893

Yangilik

2021 yil 11 fevral’ kuni Toshkent Farmasevtika institutiga Iryo Sosei universiteti prorektori Nobutaka Taguchi boshchiligida rasmiy delegasiya tashrif buyurdi, ularni instituti rektori K.S.Rizaev, prorektor Z.A.Yuldashev, ilmiy va innavasion ishlar bo‘yicha prorektori N.S.Normaxamatov, Xalqaro hamkorlik bo‘lim boshlig‘i N.T.Zaripova va sanoat farmasiya dekani Z.U.Mamatqulovlar kutib olishdi. Institut tashrif davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi. AOIKAI kompaniyasi faoliyati, tuzilishi, Iryo Sosei univesiteti tarkibidagi farmasiya fakul’teti faoliyati xaqidagi hamda ular tomonidan yaratib beriladigan shart sharoitlari, talabalar va o‘qituvchilar ilmiy izlanuvchilar almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma imzonlandi.
Muzokaralar davomida institut va loyixa a’zolari o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, ta’lim, o‘quv jarayonlari yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida institut professor o‘qituvchilari iqtidorli talabalari tomonidan qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Deligasiya institut bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ekuskursiya davomida talabalarga o‘quv amaliy ishlab chiqarish lobaratoriyalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.