Akademik guruhlarda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib  etish va tushuntirish  maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi.

20.10.2020, 14:09 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 1250

Institut professor-o‘qituvchilari va ustoz-murabbiylari tomonidan farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib  etish va tushuntirish  maqsadida onlayn shaklda Zoom orqali targ‘ibot va tashviqot ishlari tashkil etildi. Tadbirlarni akademik guruhlarning ustoz-murabbiylari tashkil etib, unda Qonunning Qonunining mazmun-mohiyati, maqsadi, ta’lim tizimi, turlari va shakllari, ta’lim tizimini boshqarish va ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari masalalariga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, tadbir jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan taqdimot materiallari namoyish etildi va talabalar o‘rtasida bahs-munozara olib borildi.